Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalar yutuqlari

Universitetimiz talabalarining yutuq va muvaffaqiyatlari

22 ta

22 ta yutuq topildi

  • «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!
    Innovatsiya
    4.4 K
    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi
    Buxoro shahri

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!

    A
    Asman universiteti talaba-qizlari

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida talaba-qizlarimiz uchun yana bir ajoyib imkoniyat yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurslarda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlarimizni ushbu loyihaning mazmun-mohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz! Kimlar uchun? 1-kurs va barcha yuqori kurs talaba-qizlari uchun. Nima qilish kerak? Quyidagi platformalarda kurslarni o‘qib, sertifikatga ega bo‘ling: aileaders.uz omp.aistudy.uz Imkoniyatdan unumli foydalaning va faol qatnashing!

    4.4 K
  • IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi
    Innovatsiya
    🖼 7
    2.8 K
    IT Community of Uzbekistan Roadshow — Buxoro
    Buxoro shahri

    IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi

    A
    Asman universiteti talabalari

    19-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Buxoro shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. IT Community Roadshow Buxorodagi Asman universitetida 190 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi. Tadbirda qatnashish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Kogon va Qorako‘o‘llik ishtirokchilar uchun bepul transport tashkil etildi. Kun davomida spikerlar IT sohasida karyera qurish, startaplarni rivojlantirish, frilans va professional rivojlanish uchun AIdan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar networking sessiyalarida spikerlarga savollar berish, professional aloqalarini kengaytirish, kofe-breyklarda suhbatlashish hamda interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, sovrinlar yutish imkoniga ega bo‘ldi. Qimmatli bilim va tajribalarini ulashgan spikerlarga minnatdorchilik bildiramiz: Shavkat Karimov, Amir Hotami, Madina Berkimbayeva, A’zam Umarov, Azizbek Qurbonov, Nozima Sharifova, Shuxrat Mirzayev, Dilafruz Xidoyatova, Olimbek Nizomov va Kamilla Beknazarova. Qo‘llab-quvvatlagan homiylar Uzum, Huawei, UZCARD, Free.UZ va EPAM’ga, shuningdek, hamkorlar School 21, Women in Tech, OLX va Asman universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.

    2.8 K
  • «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» — iqtidorli talabalar e'tirofida!
    Ma'naviyat
    🖼 5
    2.6 K
    I, II va III darajali diplomlar hamda tashakkurnomalar
    ASMAN UNIVERSITY axborot-resurs markazi, Buxoro

    «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» — iqtidorli talabalar e'tirofida!

    I
    Ijodiy maqolalar tanlovi g'oliblari
    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlab ASMAN UNIVERSITY da talabalar o'rtasida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» mavzusidagi ijodiy maqolalar tanlovi o'tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadlari: • Yoshlarda Vatanga muhabbat va milliy g'urur tuyg'ularini mustahkamlash; • Talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish; • Faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish. Ishtirokchilar «Ona Vatanimning buyuk farzandlari», «O'zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman» hamda «Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim» kabi dolzarb mavzularda o'z ishlarini taqdim etdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra, eng faol va iqtidorli deb topilgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

    2.6 K
  • IT Community Roadshow Buxoroda — ASMAN UNIVERSITY maydonida!
    Innovatsiya
    6.2 K
    IT Community Roadshow — AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan tadbir
    ASMAN UNIVERSITY — Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 1-uy

    IT Community Roadshow Buxoroda — ASMAN UNIVERSITY maydonida!

    A
    ASMAN UNIVERSITY talabalari va Buxoro yoshlari
    Barcha fakultet va yo‘nalishlar

    19-sentyabr kuni IT Community Roadshow Buxoroga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi. Tadbir ASMAN UNIVERSITY maydonida o‘tkaziladi. Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar tashkil etiladi. Buxorodagi Roadshow’da quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutmoqda: • IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli; • muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish; • LinkedIn’da shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo‘yicha foydali maslahatlar. Shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o‘yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar rejalashtirilgan. Kogondan keladigan ishtirokchilar uchun Buxorodagi IT Community Roadshow’ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etiladi. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali: https://t.me/itcomuzbot — yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Ishtirok etish bepul. 🗓 2026-yil 19-sentyabr (shanba) ⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan) 📍 ASMAN UNIVERSITY, Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 1-uy 🗣 Til: o‘zbek tilida Homiylar: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM. Hamkorlar: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va ASMAN UNIVERSITY.

    6.2 K
  • Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va yangi tashabbuslar
    Ijtimoiy faollik
    🖼 5
    1.9 K
    «Payshanba – Yoshlar kuni» doirasidagi rahbariyat va talaba-yoshlar uchrashuvi
    ASMAN UNIVERSITY, Buxoro kampusi

    Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va yangi tashabbuslar

    A
    ASMAN UNIVERSITY talaba-yoshlari
    Barcha fakultet va yo‘nalishlar

    ASMAN UNIVERSITYda «Payshanba – Yoshlar kuni» munosabati bilan talaba-yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida qizg‘in fikr almashinib, ularning o‘qish jarayoni, ilmiy-ijodiy izlanishlari hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, dolzarb muammolar va yangi g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Har bir taklif diqqat bilan tinglanib, yoshlarning tashabbuslarini amalga oshirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu kabi ochiq muloqotlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning kelgusidagi rejalariga zamin yaratishga xizmat qiladi.

    1.9 K
  • Magistrantimiz xalqaro tanlov g‘olibi!
    Ijtimoiy faollik
    🖼 3
    3 K
    “Ilm-fan fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda maxsus sertifikat

    Magistrantimiz xalqaro tanlov g‘olibi!

    S
    Sodiqova Dilafruz Orifovna
    Magistratura bo'limi

    Buxoro innovatsiyalar universiteti "Ta’lim muassasalari boshqaruvi" yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Sodiqova Dilafruz Orifovna xalqaro “Ilm-fan fidoyisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Ilm-fan fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

    3 K
  • "Tarixda aks etgan sado" — 4-bosqich sirtqi ta'lim talabalari ma'naviy-ma'rifiy tadbiri
    Ma'naviyat (Ma'naviy-ma'rifiy tadbir)
    🖼 9
    2.2 K
    Ma'naviy-ma'rifiy tadbir — "Tarixda aks etgan sado"
    Buxoro innovatsiyalar universiteti

    "Tarixda aks etgan sado" — 4-bosqich sirtqi ta'lim talabalari ma'naviy-ma'rifiy tadbiri

    B
    Buxoro innovatsiyalar universiteti 4-bosqich sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalari
    Sirtqi ta'lim yo'nalishi (4-bosqich)

    Buxoro innovatsiyalar universitetining 4-bosqich sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan "Tarixda aks etgan sado" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Strategiyalar bo'yicha birinchi prorektor Sharipov Shavkat Safarovich kirish so'zi bilan ochib, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasidagi o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi. Tadbir davomida oilaviy qadriyatlar, tarixiy merosimizda oilaga berilgan yuksak e'tibor, talabalar ishtirokidagi sahna ko'rinishlari, ijodiy chiqishlar hamda savol-javoblar orqali mazmunli chiqishlar namoyish etildi.

    2.2 K
  • Ochiq dars: "Soliqlarni to'lashdan bo'yin tortish" — Xufyona iqtisodiyot fani
    Ta'lim (Ochiq dars)
    🖼 9
    5.5 K
    Yuqori saviyada ochiq dars o'tkazish
    Buxoro innovatsiyalar universiteti

    Ochiq dars: "Soliqlarni to'lashdan bo'yin tortish" — Xufyona iqtisodiyot fani

    A
    A.A.Bobokulov (o'qituvchi) va 1-1, 1-2, 1-3 IQT-22 guruh talabalari
    Iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi

    Buxoro innovatsiyalar universitetining Iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi o'qituvchisi A.A.Bobokulov tomonidan 1-1, 1-2 hamda 1-3 IQT-22 guruh talabalari ishtirokida Xufyona iqtisodiyot fani doirasida "Soliqlarni to'lashdan bo'yin tortish" mavzusida yuqori saviyada ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulot davomida talabalarga soliq tizimining barqarorligi, xufyona aylanmalarning davlat iqtisodiyotiga salbiy ta'siri hamda soliq majburiyatlarini bajarmaslikning huquqiy va iqtisodiy oqibatlari hayotiy misollar va statistik ma'lumotlar asosida batafsil yoritib berildi.

    5.5 K
  • Guliston kampusida PF-33-sonli Farmon yuzasidan seminar tashkil etildi
    Ijtimoiy tadbir (Seminar)
    🖼 10
    2.7 K
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-sonli Farmoni yuzasidan seminar
    Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusi

    Guliston kampusida PF-33-sonli Farmon yuzasidan seminar tashkil etildi

    B
    Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusi talabalari va ishtirokchilari
    Ijtimoiy fanlar va huquq

    Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda hududiy targ'ibot guruhi a'zolari ishtirok etdi. Seminar davomida Farmonda belgilangan ustuvor yo'nalishlar, xususan: ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish; tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha yangi huquqiy mexanizmlar; hududlarda olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Farmon mazmunini yorituvchi ko'rgazmali materiallar tarqatildi. Talabalar va seminar qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

    2.7 K
  • "Umummilliy AI Hackathon": Tadbirkorlik yo'nalishida 3-o'rin!
    Innovatsiya (AI Hackathon)
    🖼 5
    1.5 K
    3-o'rin — Tadbirkorlik yo'nalishi g'olibi
    Buxoro viloyati, "Umummilliy AI Hackathon"

    "Umummilliy AI Hackathon": Tadbirkorlik yo'nalishida 3-o'rin!

    S
    Sultanova Parvina Anvarovna va Protocol X jamoasi
    Axborot texnologiyalari va muhandislik

    9–14-aprel kunlari Buxoro viloyatida sun'iy intellekt sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri — "Umummilliy AI Hackathon" tanlovi bo'lib o'tdi. Viloyat miqyosida o'tkazilgan ushbu innovatsion bellashuv o'zining yuqori saviyada tashkil etilganligi va qiziqarli loyihalari bilan barchada katta taassurot qoldirdi. Mazkur tanlovning Tadbirkorlik yo'nalishida Buxoro innovatsiyalar universiteti talabasi Sultanova Parvina Anvarovna Protocol X jamoasi bilan birgalikda barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi! Ushbu g'alaba nafaqat talabamizning tadbirkorlik va texnologik salohiyatini, balki universitetimizda sun'iy intellekt sohasidagi ta'lim sifatini ham namoyon etdi.

    1.5 K
  • Janubiy Koreyada tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv
    Xalqaro hamkorlik
    🖼 4
    3.9 K
    Rektor bilan bevosita muloqot va motivatsion uchrashuv
    Janubiy Koreya

    Janubiy Koreyada tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv

    J
    Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar
    Xalqaro aloqalar va hamkorlik

    15-aprel kuni Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita muloqot qildi. Muloqot davomida universitet rektori Dilnoz Isomjonovna bugungi kunda yurtimizda yoshlar siyosati yangi bosqichga ko'tarilganini hamda ilm-fan va tadbirkorlik yo'nalishida yaratilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta'kidladi. Yoshlarning xorijda orttirgan zamonaviy bilimlari O'zbekiston taraqqiyoti uchun muhim resurs ekanligini qayd etib, ularni vatanparvarlikka va egallagan tajribalarini yurtimiz ravnaqi yo'lida safarbar etishga chorladi. Samimiy ruhda o'tgan muloqotda talabalarning takliflari tinglanib, universitet iqtidorli yoshlarni har doim qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi.

    3.9 K
  • "Umummilliy AI Hackathon": Ta'lim yo'nalishida 1-o'rin!
    Innovatsiya (AI Hackathon)
    🖼 6
    2.3 K
    1-o'rin — Ta'lim yo'nalishi g'olibi
    Buxoro viloyati, "Umummilliy AI Hackathon"

    "Umummilliy AI Hackathon": Ta'lim yo'nalishida 1-o'rin!

    M
    Muxriddin Nekboev va jamoa a'zolari
    Axborot texnologiyalari va muhandislik

    9–14-aprel kunlari Buxoro viloyatida sun'iy intellekt sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri — "Umummilliy AI Hackathon" tanlovi bo'lib o'tdi. Viloyat miqyosida o'tkazilgan ushbu innovatsion bellashuv o'zining yuqori saviyada tashkil etilganligi va qiziqarli loyihalari bilan barchada katta taassurot qoldirdi. Mazkur tanlovning Ta'lim yo'nalishida Buxoro innovatsiyalar universiteti talabasi Muxriddin Nekboev jamoasi bilan birgalikda barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi! Ushbu g'alaba nafaqat talabamizning texnologik salohiyatini, balki universitetimizda sun'iy intellekt sohasidagi ta'lim sifatini ham xalqaro darajada namoyon etdi.

    2.3 K