Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy faoliyat

Ilmiy maqolalar

ASMAN UNIVERSITY professor-o‘qituvchilari va hamkor olimlarning respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalari. Har bir maqolani to‘liq holda o‘qish va PDF ko‘rinishida yuklab olish mumkin.

Maqola
10
Jurnal nashri
1
Muallif
4
10Maqola
1Jurnal nashri
9Konferensiya
4Muallif

10 ta maqola topildi

Konferensiya Respublika 2025

Digital (raqamli) egizaklar: kelajak texnologiyasi

Abdukarimov Zafarbek Anvarbekovich, Xudaybergenov Timur Arturovich

Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarini kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun «raqamli egizak» (digital twin) texnologiyasini keng joriy etish va uning afzalliklari yoritilgan. Texnologiyaning ishlash bosqichlari — ma’lumot yig‘ish, uzatish, raqamli model yaratish, simulyatsiya va optimallashtirish, uning sanoat, aviatsiya, sog‘liqni saqlash, qurilish va energetikada qo‘llanilishi hamda IoT, sun’iy intellekt, Big Data va bulutli texnologiyalar bilan integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Mamlakatda raqamli transformatsiyaga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

raqamli egizakdigital twinmodellashtirish+5

«Ekologik madaniyat: muammo va yechimlar» mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari (12-may, 2025-yil)

Konferensiya Hududiy 2023

Kompyuter lingvistikasining rivojlanish bosqichlari

Abdukarimov Zafarbek Anvarbekovich

Maqolada kompyuter lingvistikasining mohiyati va kompyuter ishlaydigan ikki jarayon — texnik va lingvistik ta’minot yoritiladi. Fanning paydo bo‘lish tarixi: transformatsion grammatika g‘oyasi, 1954-yilgi Jorjtaun mashina tarjimasi tajribasi, ALGOL algoritmik tili va jahon tilshunoslari kongresslari ko‘rib chiqiladi. Yakunda ingliz tilidan o‘zbek tiliga kompyuter tarjimasi algoritmi nazorat misoli asosida tahlil qilinadi.

kompyuter lingvistikasiklassik lingvistikatransformatsion grammatika+4

«Xalq xo‘jaligi sohasida ilg‘or texnologiyalar tadbiqi muammolari» mavzusidagi hududiy ilmiy-texnik konferensiya maʼruzalar to‘plami (27-dekabr, 2023-yil), IL-392103072 innovatsion loyihasi doirasida

Konferensiya Xalqaro 2026

Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ma’naviy kamolotida ota-ona ibrati (Imom al-Buxoriy «Al-Adab al-Mufrad» asari asosida)

Elov Jobir Rustamovich

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar ma’naviy kamolotini shakllantirishda ota-onaning ibrati, oilaviy tarbiya va axloqiy qadriyatlarning o‘rni Imom al-Buxoriyning «Al-Adab al-Mufrad» asari asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asardagi ota-onaga hurmat, ularning roziligini olish, farzandning ota-ona oldidagi burchlari, silayi rahm, mehr-oqibat, sabr-toqat va axloqiy poklikka oid hadislarning mazmun-mohiyati ochib berilgan.

ma'naviyatota-onatarbiya+5

«Markaziy Osiyo maʼnaviy tafakkuri va islom falsafasi: tarixiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami (15-may, 2026-yil)

Jurnal 2026

Oila va nikoh qadriyatlarining tasavvufiy-falsafiy va ma'naviy talqini

G'afurov Doniyor Orifovich

Maqolada tasavvufiy tariqatlardagi oila va nikoh konsepsiyalarining ma’naviy-aksiologik substansi va etopoetik fundamenti ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda Kubraviya silsilasining yetakchi namoyandasi Sayfiddin Boxarziy (1190–1261)ning komil inson tarbiyasi to‘g‘risidagi tetraxromatik nazariyasi (yaxshi urug‘, yaxshi joy, yaxshi o‘g‘it, qulay vaqt prinsiplari) sistemali falsafiy tahlil etilgan.

tasavvufiy tariqatlarma'naviy-aksiologik substansetopoetik fundament+2

«Tamaddun nuri» ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnali, 2026-yil 6-son, 2-qism (81)

Konferensiya Xalqaro 2026

Sharq tasavvufiy merosida oila va nikohning teotsentrik talqini (Markaziy Osiyo tajribasi)

G'afurov Doniyor Orifovich

Mazkur maqolada Sharq tasavvufiy merosida oila va nikoh institutining teotsentrik talqini Markaziy Osiyo mutasavviflari tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tasavvuf falsafasida oila ilohiy tartibning bir qismi sifatida qaralishi, nikohning ma’naviy poklanish va ruhiy kamolotga xizmat qiluvchi muqaddas institut sifatidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Naqshbandiya va Yassaviya ta’limotlarida oila qadriyatlarining axloqiy va ma’naviy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.

tasavvufoilanikoh+7

«Markaziy Osiyo maʼnaviy tafakkuri va islom falsafasi: tarixiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami (15-may, 2026-yil)

Konferensiya Xalqaro 2026

Tasavvufiy tafakkurda oila va nikohning irfoniy-aksiologik talqini: Sharq va G'arb falsafiy g'oyalar sintezi

G'afurov Doniyor Orifovich

Mazkur maqolada tasavvufiy tafakkurda oila va nikoh institutining irfoniy-aksiologik talqini Sharq va G‘arb falsafiy g‘oyalar sintezi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda oila va nikohning faqat ijtimoiy-huquqiy hodisa emas, balki ma’naviy-axloqiy va metafizik mazmunga ega qadriyat sifatidagi o‘rni yoritiladi. Sharq tasavvufida oila ilohiy muhabbat va ruhiy kamolot manbai sifatida talqin qilinsa, G‘arb falsafasida u axloqiy-ijtimoiy institut sifatida tahlil qilinadi.

tasavvufirfonaksiologiya+7

«Markaziy Osiyo maʼnaviy tafakkuri va islom falsafasi: tarixiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami (15-may, 2026-yil)

Konferensiya Respublika 2026

Oilada huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish — korrupsiyasiz jamiyat poydevori

G'afurov Doniyor Orifovich

Maqolada globallashuv sharoitida huquqiy ong va madaniyat jamiyat barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida tahlil qilinadi. Muallif oilani shaxs huquqiy ongi shakllanadigan birlamchi muhit deb baholab, farzandlarda halollik, adolat, mas’uliyat va qonunga hurmat fazilatlarini tarbiyalash korrupsiyaga murosasiz avlodni voyaga yetkazishning asosiy sharti ekanini asoslaydi. Shuningdek, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun va tegishli davlat dasturlarining amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi.

huquqiy onghuquqiy madaniyatoila+4

«Ijtimoiy ong va axloqiy tanlov: korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami (22-may, 2026-yil)

Konferensiya Respublika 2026

Oiladagi tarbiya va fuqarolik jamiyati hamkorligi — korrupsiyaning oldini olishning muhim omili

G'afurov Doniyor Orifovich

Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ularning oiladagi tarbiya bilan uzviyligi tahlil qilinadi. Muallif oilani fuqarolik faolligi va ma’naviy tarbiyaning birlamchi manbai sifatida ko‘rib, davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar beradi.

korrupsiyafuqarolik jamiyatioila tarbiyasi+3

«Ijtimoiy ong va axloqiy tanlov: korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami (22-may, 2026-yil)

Konferensiya Respublika 2026

Oila va milliy qadriyatlar jamiyat ma'naviy taraqqiyotining asosiy omilidir

G'afurov Doniyor Orifovich

Maqolada oila va milliy qadriyatlarning jamiyat ma’naviy taraqqiyotidagi markaziy o‘rni yoritiladi. Muallif oilani shaxsning birinchi tarbiya muhiti sifatida baholab, unda shakllangan axloqiy qadriyatlar yosh avlodni ijtimoiy mas’uliyatli va vatanparvar shaxs sifatida voyaga yetkazishning eng samarali vositasi ekanini asoslaydi.

oilamilliy qadriyatlarma'naviy taraqqiyot+3

«Yangi O‘zbekiston sharoitida tarixiy xotira va maʼnaviy-ruhiy tarbiya: uchinchi renessans poydevorini barpo etish masalalari» mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari (9-aprel, 2026-yil)

Konferensiya Respublika 2025

Oilada milliy tarbiyani tashkil etishda tasavvufning ahamiyati: Markaziy Osiyo allomalari asarlarining ijtimoiy-falsafiy tahlilida

G'afurov Doniyor Orifovich

Mazkur maqolada oilada milliy tarbiyani shakllantirish jarayonida tasavvuf ta’limotining o‘rni va ahamiyati Markaziy Osiyo allomalari asarlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida yoritilgan. Tadqiqotda Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy qarashlari asosida oilaviy tarbiyaning ma’naviy va axloqiy jihatlari tahlil qilinadi.

tasavvufmilliy tarbiyaoila+5

«Mahmud az-Zamahshariy va Najmiddin Kubroning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, Urganch — 2025

Ilmiy faoliyat

Ilmiy nashringizni joylashtirishni istaysizmi?

Universitet professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy maqolalari saytda e’lon qilinadi. Maqolangizni ilmiy bo‘limga taqdim eting.