Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
ASMAN UNIVERSITY tarixi
2022 - 2026

Buyuk tarix — Buyuk kelajak poydevori

ASMAN UNIVERSITY — qisqa davr ichida zamonaviy ilm-fan markaziga aylangan, minglab yoshlarning orzularini ro'yobga chiqarayotgan maskan.

4 yil

Jadal rivojlanish

11,532

Talabalar

Universitet haqida ma'lumot

ASMAN UNIVERSITY tarixi

Buxoro innovatsiyalar universiteti 2022-yil noyabr oyida tashkil etilgan zamonaviy oliy ta'lim muassasasidir. Universitet ikki kampusda faoliyat yuritadi: Buxoro shahri va Guliston shahri (Sirdaryo viloyati).

Buxoro kampusi

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Istiqlol MFY, Alpomish ko'chasi, 1-uy

Guliston kampusi

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Navro'z MFY, Mustaqillik ko'chasi 40-uy

Universitet 8261.4 kv.m maydonni egallaydi (ijara asosida). Hududda 2 ta o'quv binosi va 3 ta talabalar turar joyi mavjud. Universitetda 7,246 o'rinli 54 ta o'quv xonalari, 150 o'rinli 4 ta kompyuterlashtirilgan xona, 320 o'rinli 3 ta faollar zali hamda jami 400 o‘rinli 3 ta talabalar turar joyi faoliyat ko'rsatmoqda.

Hozirgi kunda universitetda 11,532 nafar talaba ta'lim olmoqda. Jumladan, 22 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha kunduzgi ta'limda 3,766 nafar, sirtqi ta'limda 7,766 nafar hamda 4 ta magistratura mutaxassisligida 856 nafar talabalar o'qimoqda.

Innovatsiya

Zamonaviy texnologiyalar va sun'iy intellekt laboratoriyalari orqali ta'lim sifatini oshirish.

Sifat

Har bir talabaga individual yondashuv va xalqaro standartlarga mos ta'lim berish.

Ma'naviyat

Talabalarni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yetuk, vatanparvar shaxslar sifatida tarbiyalash.

"Bizning maqsadimiz — shunchaki diplom berish emas, balki jamiyatni o'zgartira oladigan, tanqidiy va tahliliy fikrlaydigan va innovatsion liderlarni tarbiyalashdir. Tariximiz qisqa bo'lsa-da, maqsadlarimiz ulkan."
Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna

Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna

Pedagogika fanlari doktori, professor

Tarixiy lahzalarTarixiy lahzalar

Raqamlarda universitet

Bizning yutuqlarimiz va imkoniyatlarimiz

11,532

Jami talabalar

Bakalavr va magistrlar

107

Professor-o'qituvchilar

Ilmiy salohiyat 43%

22

Ta'lim yo'nalishlari

Bakalavriat yo'nalishlari

4

Magistratura

Mutaxassisliklar

Rivojlanish bosqichlari

Universitetning tashkil topishidan bugungi kunga qadar bosib o'tgan shonli yo'li.

  1. 2022
    Noyabr

    Buxoro innovatsiyalar universitetining tashkil topishi

    Buxoro innovatsiyalar universitetining tashkil topishi

    2022-yil noyabr oyida Buxoro innovatsiyalar universiteti rasmiy ravishda tashkil etildi. Universitet Buxoro viloyati, Buxoro shahri Istiqlol MFY, Alpomish ko'chasi 1-uyda joylashgan. Umumiy hudud maydoni 8261.4 kv.m ni tashkil etdi (ijara asosida). Dastlabki bosqichda 2 ta o'quv binosi va 3 ta talabalar turar joyi foydalanishga berildi.

    • #Tashkil topish
    • #Buxoro
  2. 2023
    Yil davomida

    Guliston kampusi va tuzilma kengayishi

    Guliston kampusi va tuzilma kengayishi

    Universitet faoliyati Sirdaryo viloyatiga ham kengaydi. Guliston kampusi (Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Navro'z MFY, Mustaqillik ko'chasi 40-uy) ochildi. 1 ta fakultet va 4 ta kafedra tashkil etildi. 22 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat va 4 ta mutaxassislik bo'yicha magistratura yo'nalishlari faoliyat boshladi.

    • #Guliston kampusi
    • #Kengayish
  3. 2024
    Aprel - dekabr

    Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va Guliston kampusining rivoji

    Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va Guliston kampusining rivoji

    2024-yilda universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati kengaydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyrug‘i asosida «Ma’rifat ulashib» loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Guliston kampusida Navro‘z sayli o‘tkazilib, milliy taomlar ko‘rgazmasi, talabalarning badiiy chiqishlari va sumalak sayli tashkil etildi. Yil davomida «Vatan bo‘ylab sayohat» dasturi, har haftalik ma’rifat darslari hamda «Zukko kitobxon», «Zakovat», «Bilimdon talaba» tanlovlari muntazam o‘tkazib borildi.

    • #Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
    • #Guliston kampusi
  4. 2025-2026
    Joriy o'quv yili

    Ilmiy salohiyat va zamonaviy infratuzilma

    Ilmiy salohiyat va zamonaviy infratuzilma

    Hozirgi kunda universitetda 11,532 nafar talaba ta'lim olmoqda (kunduzgi - 3,766 nafar, sirtqi - 7,766 nafar, magistratura - 856 nafar). 107 nafar professor-o'qituvchi faoliyat yuritadi (ilmiy salohiyat 43%). Zamonaviy 'sun'iy intellekt laboratoriyasi', 'robotatexnika xonasi', 'defektologiya laboratoriya xonasi', 8 ta xorijiy tillarni o'rgatish markazi va 10 ming AQSH dollari qiymatidagi 'media markazi' ishga tushirildi.

    • #Sun'iy intellekt
    • #Zamonaviy texnologiyalar
  5. 2026
    Avgust – sentabr

    Yangi nom va yangi tashkiliy tuzilma

    Yangi nom va yangi tashkiliy tuzilma

    2026-yil 27-avgustdagi kengash qarori bilan universitetning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi va u 1-sentyabrdan kuchga kirdi. Universitet «ASMAN UNIVERSITY» nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda. Yangi tuzilmada besh nafar prorektor lavozimi — strategiyalar bo‘yicha birinchi prorektor, o‘quv ishlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar, moliyaviy ishlar hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar nazarda tutilgan. Kafedralar soni oltitaga yetkazildi.

    • #ASMAN UNIVERSITY
    • #Yangi tuzilma

Professor-o'qituvchilar tarkibi

Universitetda yuqori malakali professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda

107

Jami professor-o'qituvchilar

Asosiy shtat: 83 nafar, o'rindoshlik: 24 nafar

43%

Ilmiy salohiyat

Fan doktorlari va PhD darajasiga ega professor-o'qituvchilar

12

Tyutorlar

Talabalar bilan individual ishlash uchun tyutorlar

Talabalar kontingenti

Universitetda turli yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar haqida batafsil ma'lumot

11,532

Jami talabalar

Barcha ta'lim shakllari

3,766

Kunduzgi ta'lim

22 ta yo'nalish bo'yicha

7,766

Sirtqi ta'lim

Sirtqi talabalar

856

Magistratura

4 ta mutaxassislik

2,418

Xotin-qizlar

60% talabalar

1,613

Erkaklar

40% talabalar

2,930

Viloyat hududida

Mahalliy talabalar

1,101

Boshqa viloyatlardan

Kelgan talabalar

14

Boqouvchisini yo'qotgan talabalar

29

Kam ta'minlangan talabalar

134

Yotoqxonada yashovchilar

105

Ijarada yashovchilar

Zamonaviy infratuzilma

Talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar

Ma'naviyat va ma'rifat xonasi

Talabalarning ma'naviy-ma'rifiy jihatdan rivojlanishi uchun maxsus jihozlangan xona

Elektron kutubxona

180 o'rinli zamonaviy elektron kutubxona va axborot resurslari markazi

Axborot resurs markazi

200 o'rinli zamonaviy axborot-resurs markazi talabalar xizmatida

Media markazi

10 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan media markazi

Sun'iy intellekt laboratoriyasi

Zamonaviy sun'iy intellekt texnologiyalarini o'rganish uchun maxsus laboratoriya

Robotatexnika xonasi

Robotatexnika sohasida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun jihozlangan xona

Defektologiya laboratoriyasi

Maxsus pedagogika va defektologiya yo'nalishi talabalari uchun amaliy laboratoriya

Xorijiy tillar markazlari

Xorijlik mutaxassislar jalb etilgan holda 8 ta xorijiy tillarni o'rgatish markazlari

Kinozal

Ma'rifiy filmlar va tadbirlar uchun zamonaviy kinozal

54

O'quv xonalari

7,246 o'rinli

4

Kompyuter xonalari

150 o'rinli

3

Faollar zali

320 o'rinli

3

Yotoqxona binolari

400 o'rinli

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat

Talabalarni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yetuk, vatanparvar shaxslar sifatida tarbiyalash maqsadida muntazam tadbirlar tashkil etilmoqda

'Ma'rifat ulashib' loyihasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli qarori ijrosi doirasida taniqli adiblar va shoirlar tashrifi bilan bog'liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda.

'Vatan bo'ylab sayohat'

Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, yoshlar orasida keng targ'ib etish maqsadida professor-o'qituvchilar va talabalarning samarqand, Sirdaryo va Buxoro shaharlarga sayohatlari tashkil etilgan.

Ma'rifat darslari

Har haftaning juma kuni 'ma'rifat darslari' tashkil etilmoqda. Barcha targ'ibot materiallari bilan ma'ruzachilar ta'minlangan va barcha talabalar to'liq jalb etilgan.

Tanlovlar va olimpiadalar

'Zukko kitobxon', 'Zakovat', 'Bilimdon talaba', 'Milliy qadriyatlar festivali', 'Quvnoqlar va zukolar' kabi tanlovlar muntazam o'tkazilmoqda.

Xalqaro muvaffaqiyatlar

  • Turkmaniston Respublikasida matematika fani bo'yicha o'tkazilgan xalqaro olimpiadada 3 nafar talabalarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi
  • 10 nafar talaba turli sport musobaqalarida respublika va osiyo chempioni bo'ldi
  • 'quvnoqlar va zukolar' ko'rik tanlovida respublika final bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritildi
  • Besh tashabbus loyihasi doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

Universitetda 'komplaens-nazorat' tizimini boshqarish bo'limi faoliyati yo'lga qo'yilgan. Binoning har bir qavatida hamda auditoriyalar eshigida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha targ'ibot vositalari o'rnatilgan.

Talabalar o'rtasida anonim so'rovnomalar o'tkazilgan va shaffoflik tamoyillari to'liq ta'minlanmoqda.

Xavfsizlik va profilaktika

Talabalar xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

IIB bilan hamkorlik

Viloyat IIB o'rinbosari Jalilov abduvohid Naimovich universitetga biriktirilgan. Har haftaning payshanba kuni 'huquqbuzarliklar profilaktikasi' va 'talabalar xavfsizligini ta'minlash' kunlari o'tkazilmoqda.

Jinoyat holatlari mavjud emas

Profilaktika tadbirlari

  • 'Jaholatga qarshi ma'rifat' davra suhbatlari
  • 'Giyohvandlik - asr vabosi' ma'rifiy tadbirlar
  • Talaba-yoshlar va rahbar uchrashuvi
  • Giyohvandlik va psixotrop moddalar iste'molining oldini olish

Joriy yilning 1-fevral holatiga ko'ra universitetda jinoyat sodir etgan talabalar mavjud emasligi, jinoyatchilikni oldini olishda ta'lim muassasasi bilan viloyat IIB o'rtasida muntazam hamkorlik o'rnatilganligi va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Raqamli targ'ibot va media

Ijtimoiy tarmoqlarda faol

Universitetda Telegram, Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda targ'ibot materiallari yoritib borilmoqda. 10 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy texnika vositalaridan iborat 'media markazi' faoliyat ko'rsatmoqda.

  • Telegram
  • Instagram
  • Facebook

Talabalar turar joyi

Talabalarni turar joy bilan ta'minlash bo'yicha yaratilgan sharoitlar

100

Buxoro davlat universiteti

Ijara asosida

100

«Evroaziya» mehmonxonasi

2-qavat, ijara asosida

200

Tabiiy resurslar instituti

Ijara asosida

Nazorat va monitoring

Ijara xonadonlarda yashaydigan talabalarni har oyda 2 marotaba o'rganishlar tegishli mas'ullar va tyutorlar tomonidan o'rganib borilishi yo'lga qo'yilgan. Talabalarning turar joy sharoitlari doimiy nazorat ostida.

Universitet hayotidan yorqin fotolavhalar

Navro'z sayli, 2026

Navro'z sayli, 2026

Tarixiy lahzalar
Tarixiy lahzalar
Xalqaro olimpiada g'oliblari, 2024

Xalqaro olimpiada g'oliblari, 2024

Tarixni biz bilan yaratishga tayyormisiz?

ASMAN UNIVERSITY — bu shunchaki o'quv dargohi emas, bu katta imkoniyatlar eshigi. Bizning safimizga qo'shiling va o'z kelajagingizni quring.