Matbuot xizmati
So'nggi yangiliklar va e'lonlar
Universitet hayotidagi eng muhim voqealar, ilmiy yutuqlar va talabalar faoliyati bilan tanishib boring.
- Yangilik
- 40
- Yo'nalish
- 6
Diqqat markazida
Barcha yangiliklar
40 ta natija2 daqiqa
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida Asman universiteti talaba-qizlari uchun yana bir ajoyib imkoniyat yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurslarda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlar aileaders.uz va omp.aistudy.uz platformalarida kurslarni o‘qib, sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.
MMatbuot xizmatiBatafsil3 daqiqa
IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi
19-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Buxoro shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. Tadbir Asman universitetida 190 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi: spikerlar IT sohasida karyera, startaplar, frilans va AIdan foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
MMatbuot xizmatiBatafsil4 daqiqa
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'mak
Yangi o'quv yilida professor-o'qituvchilarga ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, mualliflik huquqi hamda EHM dasturlari va mobil ilovalarni huquqiy muhofaza qilish va rasmiylashtirish bo'yicha amaliy yordam va maslahat ko'rsatiladi.
MMatbuot xizmatiBatafsil5 daqiqa
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz: "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot"
📣 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 ASMAN UNIVERSITY sizni "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. 🗓 Konferensiya sanasi: 2026-yil 14–15-oktabr 📍 Manzil: Buxoro shahri, ASMAN UNIVERSITY 💻 Ishtirok formati: aralash — offlayn va onlayn 📌 Konferensiya sho'balari: 🔹 I sho'ba. Raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va texnologik transformatsiya 🔹 II sho'ba. Aylanma iqtisodiyot, yashil moliya va ekologik innovatsiyalar 🔹 III sho'ba. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli va yashil transformatsiya 🔹 IV sho'ba. Aqlli logistika, barqaror transport va global ta'minot zanjirlari 🔹 V sho'ba. Mintaqaviy rivojlanish, innovatsion ekotizimlar va barqaror strategiyalar 📄 Maqola hajmi: 3–5 sahifa 🌐 Maqola tili: o'zbek, rus, ingliz 📑 Maqola va ariza yuborish muddati: 2026-yil 20-sentyabrgacha 🏆 Har bir muallif uchun: ✅ sertifikat ✅ PDF holatdagi maqola ✅ internet havolasi ✅ konferensiya materiallari ISBN va DOI bilan nashr etilishi rejalashtirilgan 📚 Ilmiy saviyasi yuqori bo'lgan maqolalar mualliflarning roziligi asosida OAK ro'yxatidagi jurnallar, shuningdek Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanadigan xorijiy jurnallarga nashr uchun tavsiya etilishi mumkin. 👥 Professor-o'qituvchilar, xalqaro hamkorlar va hamkasblar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalarni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📩 Bog'lanish uchun: 👤 Mas'ul shaxs: i.f.n., dotsent Bekzod Toxirovich Muxsinov 📧 E-mail: bekzodmuxsinov@gmail.com 📞 Tel.: +998 90 712 10 45 🌐 Veb-sayt: https://bui.uz/ ✨ Ilm, innovatsiya va kelajak sari birga qadam tashlaymiz!
MMatbuot xizmatiBatafsil3 daqiqa
O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi
ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yili munosabati bilan birinchi kurs talabalari bilan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich so'zga chiqib, universitetimiz talabalari safiga qo'shilgan yoshlarni chin qalbdan tabrikladi. Prorektor o'z nutqida talabalik davrining inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, yoshlarni bilim olishga jiddiy yondashishga, darslarni sifatli o'zlashtirishga va universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, o'quv jarayonining tashkil etilishi, baholash tizimi va talabalar oldiga qo'yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirib o'tdi. Uchrashuv davomida birinchi kurs talabalari universitetdagi zamonaviy o'quv auditoriyalari, elektron kutubxona, til markazlari hamda ilmiy va ijodiy to'garaklar imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Aziz birinchi kurs talabalari, ASMAN UNIVERSITY jamoasi sizni talabalar safiga qo'shilganingiz bilan tabriklaydi!
MMatbuot xizmatiBatafsil3 daqiqa
ASMAN UNIVERSITYdagi dars va ish jarayonlaridan lavhalar
ASMAN UNIVERSITYda har bir kun ilm, mehnat va izlanish bilan boshlanadi. Mashg'ulotlar interaktiv shaklda, talabalar bilan jonli muloqot asosida olib boriladi: keng va yorug' auditoriyalar, qulay jihozlar hamda tajribali professor-o'qituvchilar o'quv jarayonining samarali kechishini ta'minlaydi. O'quv jarayonining uzluksizligi ortida universitet bo'limlari va xodimlarining kundalik mehnati turadi - kafedralar, o'quv-uslubiy bo'lim va qabul komissiyasi xodimlari hujjatlar, jadvallar va talabalar bilan ishlashni har kuni tizimli olib boradi. Har bir bo'lim o'z yo'nalishi bo'yicha talabalarga xizmat ko'rsatadi: o'quv rejalari, jadvallar, ma'lumotnomalar va abituriyentlar bilan ishlash shu yerda tashkil etiladi. Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz | Biz bilan bog'lanish: +998 55 307 50 00
MMatbuot xizmatiBatafsil4 daqiqa
ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi
ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi! Tantanali marosim universitet hovlisida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Marosimda Strategiyalar bo'yicha birinchi prorektor, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich so'zga chiqib, birinchi kurs talabalarini universitetimiz talabalari safiga qo'shilgani va yangi o'quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. O'z tabrik so'zida u yoshlarga bilim olish yo'lida sabr va qat'iyat, ustozlarga hurmat hamda tanlagan kasbiga sadoqat tiladi. O'quv yilining ilk kunlarida guruhlarda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Mustaqillik darslari o'tkazildi. Yangi o'quv yiliga qadam qo'ygan yoshlarimiz universitetdagi zamonaviy o'quv jarayonlari, fakultet imkoniyatlari va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Aziz talabalar, boshlanayotgan yangi o'quv yili barchangizga ulkan omad, yuksak zafarlar va unutilmas talabalik lahzalarini olib kelsin!
MMatbuot xizmatiBatafsil3 daqiqa
Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar. Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq akademiklari Buxoro Innovatsiyalar universitetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashishdi. Muloqotda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
MMatbuot xizmatiBatafsil3 daqiqa
🤝 BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI 🏛 Buxoro Innovatsiyalar Universitetida Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) direktori Noyobjon M. Ahmadjonov bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 📌 Maʼlumot uchun, DUWK Büro Germaniya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining (GOʻIK) ishchi organi hisoblanadi. Mazkur kengashning Oʻzbekiston tomonidan hamraisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hisoblanadi. 💡 Uchrashuv davomida universitetda elektrotexnika va IT yoʻnalishlari boʻyicha Germaniya standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 🔬 Rejaga koʻra, taʼlim jarayoniga Germaniya tajribasi asosidagi oʻquv dasturlari joriy etilishi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi hamda germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. 🌍 Mazkur hamkorlik talabalar uchun Germaniya mehnat bozori talablariga mos bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash, germaniyalik ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda kelgusida xalqaro mehnat bozorida munosib oʻrin egallash imkoniyatlarini kengaytiradi. 🎓 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim muhitini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti va Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Germaniya standartlari asosida IT va elektrotexnika mutaxassislarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
MMatbuot xizmatiBatafsil









