Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

ASMAN UNIVERSITY

2022-yildan boshlabTaʼlim va taraqqiyot yoʻlidamiz

Jami talabalar
11 200
Professor-oʻqituvchilar
200
Fakultetlar
1
Yoʻnalishlar
21+

Grantlar va chegirmalar

  • QABUL 2026–2027

    IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar uchun maxsus imkoniyat

    ASMAN UNIVERSITYʼda 100% gacha grant qoʻlga kiriting!

    IELTS sertifikatingiz bilan ASMANda bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻling. Birinchi semestr uchun amal qiladi · Bakalavr darajasi

    • 7.0+ball

      100% GRANTBepul oʻqish

    • 6.0–6.5ball

      50% GRANTToʻlov yarmi chegirma

    • 5.0–5.5ball

      20% CHEGIRMAMaxsus chegirma

    * 1-semestr uchun · Bakalavr · Shartlar qoʻllaniladi

BIZNING FAXRIMIZ

Talabalar yutuqlari

ASMAN UNIVERSITY talabalarining yutuq va muvaffaqiyatlari

Barchasini koʻrish

UNIVERSITET YANGILIKLARI

Yangiliklar & Tadbirlar

Kategoriyalar

Muhim voqealar

Barchasini koʻrish
  • Ta'lim

    2 daqiqa

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida Asman universiteti talaba-qizlari uchun yana bir ajoyib imkoniyat yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurslarda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlar aileaders.uz va omp.aistudy.uz platformalarida kurslarni o‘qib, sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.

  • Tadbirlar

    3 daqiqa

    IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi

    19-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Buxoro shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. Tadbir Asman universitetida 190 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi: spikerlar IT sohasida karyera, startaplar, frilans va AIdan foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

  • Ilmiy

    4 daqiqa

    Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'mak

    Yangi o'quv yilida professor-o'qituvchilarga ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, mualliflik huquqi hamda EHM dasturlari va mobil ilovalarni huquqiy muhofaza qilish va rasmiylashtirish bo'yicha amaliy yordam va maslahat ko'rsatiladi.

  • Ilmiy

    5 daqiqa

    Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz: "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot"

    📣 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 ASMAN UNIVERSITY sizni "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. 🗓 Konferensiya sanasi: 2026-yil 14–15-oktabr 📍 Manzil: Buxoro shahri, ASMAN UNIVERSITY 💻 Ishtirok formati: aralash — offlayn va onlayn 📌 Konferensiya sho'balari: 🔹 I sho'ba. Raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va texnologik transformatsiya 🔹 II sho'ba. Aylanma iqtisodiyot, yashil moliya va ekologik innovatsiyalar 🔹 III sho'ba. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli va yashil transformatsiya 🔹 IV sho'ba. Aqlli logistika, barqaror transport va global ta'minot zanjirlari 🔹 V sho'ba. Mintaqaviy rivojlanish, innovatsion ekotizimlar va barqaror strategiyalar 📄 Maqola hajmi: 3–5 sahifa 🌐 Maqola tili: o'zbek, rus, ingliz 📑 Maqola va ariza yuborish muddati: 2026-yil 20-sentyabrgacha 🏆 Har bir muallif uchun: ✅ sertifikat ✅ PDF holatdagi maqola ✅ internet havolasi ✅ konferensiya materiallari ISBN va DOI bilan nashr etilishi rejalashtirilgan 📚 Ilmiy saviyasi yuqori bo'lgan maqolalar mualliflarning roziligi asosida OAK ro'yxatidagi jurnallar, shuningdek Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanadigan xorijiy jurnallarga nashr uchun tavsiya etilishi mumkin. 👥 Professor-o'qituvchilar, xalqaro hamkorlar va hamkasblar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalarni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📩 Bog'lanish uchun: 👤 Mas'ul shaxs: i.f.n., dotsent Bekzod Toxirovich Muxsinov 📧 E-mail: bekzodmuxsinov@gmail.com 📞 Tel.: +998 90 712 10 45 🌐 Veb-sayt: https://bui.uz/ ✨ Ilm, innovatsiya va kelajak sari birga qadam tashlaymiz!

  • Ta'lim

    3 daqiqa

    O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yili munosabati bilan birinchi kurs talabalari bilan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich so'zga chiqib, universitetimiz talabalari safiga qo'shilgan yoshlarni chin qalbdan tabrikladi. Prorektor o'z nutqida talabalik davrining inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, yoshlarni bilim olishga jiddiy yondashishga, darslarni sifatli o'zlashtirishga va universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, o'quv jarayonining tashkil etilishi, baholash tizimi va talabalar oldiga qo'yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirib o'tdi. Uchrashuv davomida birinchi kurs talabalari universitetdagi zamonaviy o'quv auditoriyalari, elektron kutubxona, til markazlari hamda ilmiy va ijodiy to'garaklar imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Aziz birinchi kurs talabalari, ASMAN UNIVERSITY jamoasi sizni talabalar safiga qo'shilganingiz bilan tabriklaydi!

  • Ta'lim

    3 daqiqa

    ASMAN UNIVERSITYdagi dars va ish jarayonlaridan lavhalar

    ASMAN UNIVERSITYda har bir kun ilm, mehnat va izlanish bilan boshlanadi. Mashg'ulotlar interaktiv shaklda, talabalar bilan jonli muloqot asosida olib boriladi: keng va yorug' auditoriyalar, qulay jihozlar hamda tajribali professor-o'qituvchilar o'quv jarayonining samarali kechishini ta'minlaydi. O'quv jarayonining uzluksizligi ortida universitet bo'limlari va xodimlarining kundalik mehnati turadi - kafedralar, o'quv-uslubiy bo'lim va qabul komissiyasi xodimlari hujjatlar, jadvallar va talabalar bilan ishlashni har kuni tizimli olib boradi. Har bir bo'lim o'z yo'nalishi bo'yicha talabalarga xizmat ko'rsatadi: o'quv rejalari, jadvallar, ma'lumotnomalar va abituriyentlar bilan ishlash shu yerda tashkil etiladi. Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz | Biz bilan bog'lanish: +998 55 307 50 00

  • ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandiTalabalar hayoti

    4 daqiqa

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi! Tantanali marosim universitet hovlisida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Marosimda Strategiyalar bo'yicha birinchi prorektor, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich so'zga chiqib, birinchi kurs talabalarini universitetimiz talabalari safiga qo'shilgani va yangi o'quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. O'z tabrik so'zida u yoshlarga bilim olish yo'lida sabr va qat'iyat, ustozlarga hurmat hamda tanlagan kasbiga sadoqat tiladi. O'quv yilining ilk kunlarida guruhlarda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Mustaqillik darslari o'tkazildi. Yangi o'quv yiliga qadam qo'ygan yoshlarimiz universitetdagi zamonaviy o'quv jarayonlari, fakultet imkoniyatlari va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Aziz talabalar, boshlanayotgan yangi o'quv yili barchangizga ulkan omad, yuksak zafarlar va unutilmas talabalik lahzalarini olib kelsin!

  • Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv!  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar.  Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.  Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.Ilmiy

    3 daqiqa

    Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar. Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq akademiklari Buxoro Innovatsiyalar universitetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashishdi. Muloqotda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Taʼlim yoʻnalishlari

Bakalavriat yoʻnalishlari

Siz uchun eng mos yoʻnalishni toping va kelajagingizni biz bilan quring.

Taʼlim bosqichi

22 ta yoʻnalishDavlat va kontrakt asosida

Rasmiy hujjatlar · Oliy taʼlim

Taʼlim faoliyati davlat tomonidan litsenziyalangan

ASMAN UNIVERSITY Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bergan litsenziya asosida nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi.

Litsenziya raqami
№ 935228
Holati
Faol
Reyestr raqami
L-4409579
Berilgan sana
Amal qilish muddati
Cheksiz
Faoliyat turi
Oliy taʼlim xizmatlari

Davlat reyestrida qayd etilgan

Hujjat QR-kod va elektron reyestr identifikatoriga ega. Quyidagi nusxalarni kattalashtirib koʻrish yoki yuklab olish mumkin.

Vakolatli organ

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Hujjatlar galereyasi

Litsenziyaning asl nusxalari

Asosiy litsenziya va taʼlim yoʻnalishlari ilovasining barcha sahifalari.

3 hujjat

Universitet hayoti

Universitet faoliyati

Taʼlim, amaliyot, xalqaro tashabbuslar va ijodiy loyihalardagi eng muhim jarayonlar.

Yoʻnalishlar4 faoliyat

    • ASMAN faoliyat lavhasi

      Lektsiya

      Auditoriyada nazariy dars jarayoni

    01 / 0401 / 08

    faoliyat 01

    ASMANda taʼlim

    ASMAN UNIVERSITY yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan oliy taʼlim muassasasi boʻlib, bakalavriat va magistratura bosqichlarida zamonaviy bilim va koʻnikmalarni beradi. Universitetda nazariy darslar, amaliy mashgʻulotlar, seminar va muhokamalar, laboratoriya ishlari integratsiya qilingan holda olib boriladi. Malakali professor-oʻqituvchilar, zamonaviy auditoriyalar va innovatsion oʻqitish metodlari orqali talabalar mustaqil fikrlash va amaliy muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga erishadi.

    Asosiy yoʻnalishlar

    • Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
    • Magistratura mutaxassisliklari
    • ASMAN elektron kutubxonasi
    • Video darslar katalogi
    • ASMAN faoliyat lavhasi

      Sayyor dars

      1-1IQT-23 guruh talabalari Oʻzbegim loyihasida

    02 / 0401 / 07

    faoliyat 02

    Sayyor dars

    Moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyot va logistika kafedrasi oʻqituvchilari Sh. Toʻrayev, F. Raxmatova, D. Axmedova, Z. Salimboyev va M. Gʻafurov tomonidan 1-1IQT-23 guruh talabalari uchun «Mega House» MChJ qurilish kompaniyasining «Oʻzbegim» turar joy loyihasida sayyor dars mashgʻuloti tashkil etildi. Dars davomida kompaniya vakillari talabalar bilan suhbat oʻtkazib, turar joy qurilish jarayonlari, loyihaning iqtisodiy jihatlari va uylarni sotib olish shartlari haqida toʻliq maʼlumot berishdi.

    Asosiy yoʻnalishlar

    • Moliyaviy texnologiyalar kafedrasi
    • Iqtisodiyot va logistika yoʻnalishi
    • Mega House MChJ hamkorlik
    • Oʻzbegim turar joy loyihasi
    • Sayyor darslar rejasi
    • ASMAN rasmiy sahifalari
    • ASMAN faoliyat lavhasi

      Guliston

      Hunarmandlar markazida xavfsiz migratsiya kampaniyasi

    03 / 0401 / 10

    faoliyat 03

    Xavfsiz migratsiya axborot kampaniyasi

    Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Hunarmandlar markazi»da «Xavfsiz migratsiya boʻyicha axborot kampaniyasi» tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir «Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi» tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) koʻmagida tashkil etildi. Tadbir ikki bosqichda oʻtkazildi: 12:00–13:30 da 1–2-bosqich talabalari bilan, 14:30–16:30 da yuqori bosqich talabalari bilan. Ishtirokchilarga huquqiy maslahatlar, ishonchli maʼlumotlar va xavfsiz migratsiya yoʻllari boʻyicha tavsiyalar berildi. Tadbirda 800 dan ortiq yoshlar qatnashib, xorijda oʻqish va ishlash jarayonlariga oid savollarga javoblar oldilar.

    Asosiy yoʻnalishlar

    • Xavfsiz migratsiya boʻyicha maslahatlar
    • Xorijda oʻqish dasturlari
    • Xorijda ishlash imkoniyatlari
    • IOM va SDC hamkorlik loyihalari
    • Oʻzbekiston yoshlari assotsiatsiyasi
    • Hunarmandlar markazi tadbirlari
    • ASMAN faoliyat lavhasi

      Hisobot konserti

      Musiqa yoʻnalishi talabalari Guliston kampusida

    04 / 0401 / 07

    faoliyat 04

    Musiqa yoʻnalishi hisobot konserti

    ASMAN UNIVERSITY Guliston kampusida musiqa yoʻnalishi talabalari tomonidan yakuniy hisobot konserti tashkil etildi. Tadbirda yosh ijrochilar oʻzlarining bir necha oylik tinimsiz mehnatlari mahsulini keng jamoatchilikka namoyish etishdi. Cholgʻu asboblaridagi jozibador jonli ijrolar va nafis raqslar uygʻunligi yigʻilganlarga yuqori estetik zavq bagʻishlab, talabalarning professional mahoratini isbotladi. Kechaning eng hayajonli lahzalari — oʻquv yili davomida darslarda ham, jamoat ishlarida ham faollik koʻrsatgan iqtidorli talabalar tantanali taqdirlash marosimi boʻldi. Universitet rahbariyati yosh ijodkorlarning yutuqlarini eʼtirof etib, esdalik sovgʻalari topshirdi. Bu kabi ragʻbatlantirish tadbirlari talabalar orasida sogʻlom raqobatni shakllantirish va ularni yangi ijodiy marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Asosiy yoʻnalishlar

    • Musiqa yoʻnalishi taʼlim dasturi
    • Cholgʻu asboblari va jonli ijrolar
    • Universitet sanʼat toʻgaraklari
    • Talabalar taqdirlash marosimlari
    • ASMAN Guliston kampus tadbirlari
    • Yosh musiqachilar ijodiy faoliyati

ASMAN · Xalqaro aloqalar

Dunyoga ochilgan hamkorlik tarmogʻi

12 davlatdagi 31 universitet bilan akademik hamkorlik: qoʻshma taʼlim, ikki diplom va xalqaro stajirovka imkoniyatlari.

2026/2027 katalogi

ASMAN UNIVERSITY

Hamkor universitet
31
Davlat
12
Taʼlim formati
3
  • 2+2

    Qoʻshma bakalavr

    2 yil ASMANʼda va keyingi 2 yil hamkor xorijiy universitetda — ikki tomonlama tan olingan diplom.

  • 3+1

    Qoʻshma dastur

    3 yil ASMANʼda, yakuniy 1 yil xorijda — xalqaro tajriba, til muhiti va ikki diplom.

  • 6 oy

    Stajirovka

    Xorijiy universitetda 6 oylik akademik almashinuv va amaliyot — tajriba, professional tarmoq va til.

  • Oʻqish xarajati

    100% qoplanadi

    Talaba faqat borish-kelish, yashash va kundalik xarajatlarini qoplaydi. Shartlar tanlangan dastur va universitetga bogʻliq.

2026/2027 katalogi

Hamkorlar katalogi

Universitet nomi yoki davlat boʻyicha qidiring va batafsil profilni oching.

Hamkor universitet
31
Davlat
12
Batafsil profillar
15

Koʻrsatilmoqda: 8 / 31

  • QS 105

    Tojikiston / Rossiya · Dushanbe

    M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti

    Rossiyaning eng qadimgi va nufuzli universiteti. Dushanbe filiali orqali talabalar MDU oʻquv dasturlari va professor-oʻqituvchilaridan bahramand boʻladi.

    Tashkil etilgan
    1755
    Talabalar soni
    38 000+
  • QS 134

    Malayziya · Penang

    Universiti Sains Malaysia (USM)

    Malayziya hukumati tomonidan APEX maqomi berilgan tadqiqot universiteti. Tibbiyot, farmatsevtika va muhandislikda Osiyoning kuchli markazlaridan biri.

    Tashkil etilgan
    1969
    Talabalar soni
    ~30 000
  • QS 278

    Buyuk Britaniya · Brighton

    University of Sussex

    Buyuk Britaniyaning nufuzli tadqiqot universiteti. Rivojlanish tadqiqotlari sohasida jahon yetakchilaridan. Hamkorlik muzokara bosqichida.

    Tashkil etilgan
    1961
    Talabalar soni
    ~18 000
  • QS 367

    Rossiya · Moskva

    RUDN University

    150 dan ortiq davlatdan talabalar tahsil oladigan xalqaro universitet. Tibbiyot va til yoʻnalishlarida kuchli anʼanaga ega.

    Tashkil etilgan
    1960
    Talabalar soni
    31 700+
  • QS 440

    Rossiya · Moskva

    HSE University (Oliy iqtisod maktabi)

    Iqtisod, menejment va ijtimoiy fanlar boʻyicha Rossiyaning yetakchi zamonaviy universiteti. Xalqaro dasturlar va tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan.

    Tashkil etilgan
    1992
    Talabalar soni
    31 900+
  • QS 509

    Malayziya · Nilai / Penang

    INTI International University

    Xalqaro tarmoqqa ega va sanoat bilan yaqin ishlaydigan universitet. Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash koʻrsatkichi yuqori.

    Tashkil etilgan
    1986
    Talabalar soni
    ~13 000
  • QS 628

    Turkiya · Istanbul

    Istanbul University

    1453-yilda tashkil etilgan Turkiyaning eng qadimgi va nufuzli oliygohlaridan. Tibbiyot va huquq maktablari mamlakatning eng kuchlilaridan.

    Tashkil etilgan
    1453
    Talabalar soni
    35 000+
  • QS 691

    Hindiston · Bhopal

    VIT Bhopal University

    Hindistonning nufuzli VIT guruhiga mansub zamonaviy universitet. Muhandislik va axborot texnologiyalarida kuchli xalqaro kampus.

    Tashkil etilgan
    2010
    Talabalar soni
    ~10 000

BUI bitiruvchilari · 2025/2026

Bilimdan boshlangan muvaffaqiyat hikoyalari

2025/2026-oʻquv yilidagi bakalavriat va magistratura bitiruv marosimlari, universitet va ustozlar haqidagi samimiy fikrlar.

Bitiruvchi hikoyasi
25
Bakalavr va magistr
2 bosqich
Taʼlim sifati
5.0
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “«BITIRUVCHI–2026» marosimi «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida boʻlib oʻtdi. Diplomimni qabul qilar ekanman, Buxoro Innovatsiyalar Universitetidagi barcha ustozlarimga va hurmatli rektorimiz Dilnoz Isomjonovnaga cheksiz minnatdorchilik bildiraman!”
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “«Yoshlar markazi» majmuasida oʻtgan bu tantanali kun hayotimning eng quvonchli kunlaridan biri boʻldi. Magistrlik darajasiga sazovor boʻlganim uchun universitetimiz jamoasiga, ayniqsa ilmiy rahbarimga chin dildan rahmat aytaman!”
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “Rektorimiz Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna va viloyat hokimi oʻrinbosari Ortiqova Hafiza Tuymurodovna tantanali ochib bergan bu marosim qalbimda faxr va ishonch uygʻotdi. 643 nafar bitiruvchi qatorida diplomimni olganim uchun barcha professor-oʻqituvchilarimga minnatdorman!”
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “Ikki yillik magistratura davri men uchun katta hayot sari dadil tashlangan qadam boʻldi. Ustozlarimning fidokorona mehnati va ota-onamning cheksiz qoʻllab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman!”
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “«BITIRUVCHI–2026» kunida diplomimni tantanali ravishda qabul qilar ekanman, qalbimda quvonch, faxr va ertangi kunga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlandi. Buxoro Innovatsiyalar Universitetiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman!”
  • Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “Bu marosim mening uchun ezgu orzular va katta hayot sari dadil tashlangan qadamning yorqin ramzi boʻldi. Magistrlik darajasini olganim uchun barcha professor-oʻqituvchilarimga va hurmatli rektorimizga samimiy rahmat!”
  • BUI bakalavr yoki magistr bitiruvchisi #14

    Bakalavr va magistr bitiruvchilari

    “«BITIRUVCHI–2026» marosimi «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida oʻtdi. Bugun diplomimni qoʻlga olar ekanman, Buxoro innovatsiyalar universitetida oʻtkazgan ikki yilim uchun barcha ustozlarimga va hurmatli rektorimiz Dilnoz Isomjonovnaga cheksiz minnatdorchilik bildiraman!”
Savol-javob

Koʻp soʻraladigan savollar

Abituriyentlar va ota-onalar eng koʻp beradigan savollarga qisqa javoblar.

ASMAN UNIVERSITY davlat litsenziyasiga egami?

Ha. Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bergan 935228-raqamli litsenziya asosida faoliyat yuritadi: reyestr raqami L-4409579, berilgan sana — 15.11.2022, muddati cheklanmagan.

Universitet qayerda joylashgan?

Bosh kampus: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Istiqlol MFY, Alpomish koʻchasi, 1-uy. Filial: Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Navroʻz MFY, Mustaqillik koʻchasi, 40-uy.

Qanday taʼlim yoʻnalishlari bor?

22 ta bakalavriat va 4 ta magistratura yoʻnalishi. Oʻqish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida; kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllar mavjud.

Hujjatlarni qanday topshirish mumkin?

Hujjatlar qabul.bui.uz platformasida elektron topshiriladi: yoʻnalishni tanlaysiz, arizani yuborasiz va uning holatini shu yerda kuzatasiz.

Xorijda oʻqish imkoniyati bormi?

Ha. 12 davlatdagi 31 hamkor universitet bilan 2+2 qoʻshma bakalavriat, 3+1 qoʻshma dastur va 6 oylik stajirovka formatlari mavjud.

Universitet bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Ishonch telefoni: +998 55 307 50 00, elektron pochta: info@bui.uz. Ish vaqti: Dushanba - shanba: 09:00 - 18:00.

Manzil va aloqa

© OpenStreetMap contributors