“Mening birinchi kasbim”
Loyiha doirasida oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish
Yaratilgan imkoniyatlar
Bu yo‘nalish kredit mahsuloti emas — quyidagi imkoniyatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi.
- 1Oliygoh bitiruvchilari orasida tanlov o‘tkazilib, ularga malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya ajratiladi.
- 2Bitiruvchilar chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlari va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda qatnashishlari uchun 50 BHM gacha mablag‘ ajratiladi.
- 3Biznes reja tayyorlash harajatlari qoplab beriladi.
- 4“Talaba Expo 2026” kasb ko‘rgazmalari natijalariga ko‘ra bitiruvchilar va yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi.
BHM — bazaviy hisoblash miqdori. Ajratiladigan summa BHM ning joriy qiymatiga qarab hisoblanadi.
Qanday murojaat qilish kerak
- 1Sizga mos yo‘nalishni tanlang va shartlari bilan tanishib chiqing
- 2Biznes g‘oyangiz va biznes rejangizni tayyorlang
- 3NBU ning rasmiy sahifasidan ariza qoldiring yoki (78) 148 00 10 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
- 4Bank mutaxassisi bilan hujjatlarni rasmiylashtiring
Batafsil ma’lumot va joriy shartlar uchun nbu.uz saytiga murojaat qiling.
Rasmiy buklet
Bukletni to‘liq ochish
Ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy banki (NBU) ning rasmiy bukletlaridan olingan. Kredit shartlari va foiz stavkasi bank tomonidan o‘zgartirilishi mumkin — yakuniy shartlarni bank bilan aniqlashtiring.
Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!
Universitet bitiruvchilari va talabalari dastur yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotni bankdan yoki universitet yoshlar bilan ishlash bo‘limidan olishlari mumkin.
