Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandiTalabalar hayoti
4 daqiqaMatbuot xizmati

ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi

ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi! Tantanali marosim universitet hovlisida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Marosimda Strategiyalar bo'yicha birinchi prorektor, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich so'zga chiqib, birinchi kurs talabalarini universitetimiz talabalari safiga qo'shilgani va yangi o'quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. O'z tabrik so'zida u yoshlarga bilim olish yo'lida sabr va qat'iyat, ustozlarga hurmat hamda tanlagan kasbiga sadoqat tiladi. O'quv yilining ilk kunlarida guruhlarda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Mustaqillik darslari o'tkazildi. Yangi o'quv yiliga qadam qo'ygan yoshlarimiz universitetdagi zamonaviy o'quv jarayonlari, fakultet imkoniyatlari va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Aziz talabalar, boshlanayotgan yangi o'quv yili barchangizga ulkan omad, yuksak zafarlar va unutilmas talabalik lahzalarini olib kelsin!

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram