Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Matbuot markazi

Barcha Yangiliklar

Universitetimizning barcha yangiliklari va xabarlari bilan tanishing

Jami 40 Ta yangilik topildi

  • «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!Ta'lim

    2 daqiqa

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi — talaba-qizlar diqqatiga!

    «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida Asman universiteti talaba-qizlari uchun yana bir ajoyib imkoniyat yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurslarda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlar aileaders.uz va omp.aistudy.uz platformalarida kurslarni o‘qib, sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.

  • IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdiTadbirlar

    3 daqiqa

    IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi

    19-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Buxoro shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. Tadbir Asman universitetida 190 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi: spikerlar IT sohasida karyera, startaplar, frilans va AIdan foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

  • Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'makIlmiy

    4 daqiqa

    Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'mak

    Yangi o'quv yilida professor-o'qituvchilarga ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, mualliflik huquqi hamda EHM dasturlari va mobil ilovalarni huquqiy muhofaza qilish va rasmiylashtirish bo'yicha amaliy yordam va maslahat ko'rsatiladi.

  • Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz: "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot"Ilmiy

    5 daqiqa

    Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz: "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot"

    📣 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 ASMAN UNIVERSITY sizni "Raqamli transformatsiya sharoitida kreativ iqtisodiyot: nazariya va amaliyot" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. 🗓 Konferensiya sanasi: 2026-yil 14–15-oktabr 📍 Manzil: Buxoro shahri, ASMAN UNIVERSITY 💻 Ishtirok formati: aralash — offlayn va onlayn 📌 Konferensiya sho'balari: 🔹 I sho'ba. Raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va texnologik transformatsiya 🔹 II sho'ba. Aylanma iqtisodiyot, yashil moliya va ekologik innovatsiyalar 🔹 III sho'ba. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli va yashil transformatsiya 🔹 IV sho'ba. Aqlli logistika, barqaror transport va global ta'minot zanjirlari 🔹 V sho'ba. Mintaqaviy rivojlanish, innovatsion ekotizimlar va barqaror strategiyalar 📄 Maqola hajmi: 3–5 sahifa 🌐 Maqola tili: o'zbek, rus, ingliz 📑 Maqola va ariza yuborish muddati: 2026-yil 20-sentyabrgacha 🏆 Har bir muallif uchun: ✅ sertifikat ✅ PDF holatdagi maqola ✅ internet havolasi ✅ konferensiya materiallari ISBN va DOI bilan nashr etilishi rejalashtirilgan 📚 Ilmiy saviyasi yuqori bo'lgan maqolalar mualliflarning roziligi asosida OAK ro'yxatidagi jurnallar, shuningdek Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanadigan xorijiy jurnallarga nashr uchun tavsiya etilishi mumkin. 👥 Professor-o'qituvchilar, xalqaro hamkorlar va hamkasblar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalarni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📩 Bog'lanish uchun: 👤 Mas'ul shaxs: i.f.n., dotsent Bekzod Toxirovich Muxsinov 📧 E-mail: bekzodmuxsinov@gmail.com 📞 Tel.: +998 90 712 10 45 🌐 Veb-sayt: https://bui.uz/ ✨ Ilm, innovatsiya va kelajak sari birga qadam tashlaymiz!

  • ASMAN UNIVERSITYdagi dars va ish jarayonlaridan lavhalarTa'lim

    3 daqiqa

    ASMAN UNIVERSITYdagi dars va ish jarayonlaridan lavhalar

    ASMAN UNIVERSITYda har bir kun ilm, mehnat va izlanish bilan boshlanadi. Mashg'ulotlar interaktiv shaklda, talabalar bilan jonli muloqot asosida olib boriladi: keng va yorug' auditoriyalar, qulay jihozlar hamda tajribali professor-o'qituvchilar o'quv jarayonining samarali kechishini ta'minlaydi. O'quv jarayonining uzluksizligi ortida universitet bo'limlari va xodimlarining kundalik mehnati turadi - kafedralar, o'quv-uslubiy bo'lim va qabul komissiyasi xodimlari hujjatlar, jadvallar va talabalar bilan ishlashni har kuni tizimli olib boradi. Har bir bo'lim o'z yo'nalishi bo'yicha talabalarga xizmat ko'rsatadi: o'quv rejalari, jadvallar, ma'lumotnomalar va abituriyentlar bilan ishlash shu yerda tashkil etiladi. Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz | Biz bilan bog'lanish: +998 55 307 50 00

  • O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladiTa'lim

    3 daqiqa

    O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yili munosabati bilan birinchi kurs talabalari bilan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich so'zga chiqib, universitetimiz talabalari safiga qo'shilgan yoshlarni chin qalbdan tabrikladi. Prorektor o'z nutqida talabalik davrining inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, yoshlarni bilim olishga jiddiy yondashishga, darslarni sifatli o'zlashtirishga va universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, o'quv jarayonining tashkil etilishi, baholash tizimi va talabalar oldiga qo'yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirib o'tdi. Uchrashuv davomida birinchi kurs talabalari universitetdagi zamonaviy o'quv auditoriyalari, elektron kutubxona, til markazlari hamda ilmiy va ijodiy to'garaklar imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Aziz birinchi kurs talabalari, ASMAN UNIVERSITY jamoasi sizni talabalar safiga qo'shilganingiz bilan tabriklaydi!

  • ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandiTalabalar hayoti

    4 daqiqa

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi

    ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yilining ilk kunlari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi! Tantanali marosim universitet hovlisida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Marosimda Strategiyalar bo'yicha birinchi prorektor, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich so'zga chiqib, birinchi kurs talabalarini universitetimiz talabalari safiga qo'shilgani va yangi o'quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. O'z tabrik so'zida u yoshlarga bilim olish yo'lida sabr va qat'iyat, ustozlarga hurmat hamda tanlagan kasbiga sadoqat tiladi. O'quv yilining ilk kunlarida guruhlarda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Mustaqillik darslari o'tkazildi. Yangi o'quv yiliga qadam qo'ygan yoshlarimiz universitetdagi zamonaviy o'quv jarayonlari, fakultet imkoniyatlari va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Aziz talabalar, boshlanayotgan yangi o'quv yili barchangizga ulkan omad, yuksak zafarlar va unutilmas talabalik lahzalarini olib kelsin!

  • 🤝 BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI  🏛 Buxoro Innovatsiyalar Universitetida Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) direktori Noyobjon M. Ahmadjonov bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  📌 Maʼlumot uchun, DUWK Büro Germaniya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining (GOʻIK) ishchi organi hisoblanadi. Mazkur kengashning Oʻzbekiston tomonidan hamraisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hisoblanadi.  💡 Uchrashuv davomida universitetda elektrotexnika va IT yoʻnalishlari boʻyicha Germaniya standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.  🔬 Rejaga koʻra, taʼlim jarayoniga Germaniya tajribasi asosidagi oʻquv dasturlari joriy etilishi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi hamda germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.  🌍 Mazkur hamkorlik talabalar uchun Germaniya mehnat bozori talablariga mos bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash, germaniyalik ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda kelgusida xalqaro mehnat bozorida munosib oʻrin egallash imkoniyatlarini kengaytiradi.  🎓 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim muhitini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.Xalqaro

    3 daqiqa

    🤝 BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI 🏛 Buxoro Innovatsiyalar Universitetida Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) direktori Noyobjon M. Ahmadjonov bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 📌 Maʼlumot uchun, DUWK Büro Germaniya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining (GOʻIK) ishchi organi hisoblanadi. Mazkur kengashning Oʻzbekiston tomonidan hamraisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hisoblanadi. 💡 Uchrashuv davomida universitetda elektrotexnika va IT yoʻnalishlari boʻyicha Germaniya standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 🔬 Rejaga koʻra, taʼlim jarayoniga Germaniya tajribasi asosidagi oʻquv dasturlari joriy etilishi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi hamda germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. 🌍 Mazkur hamkorlik talabalar uchun Germaniya mehnat bozori talablariga mos bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash, germaniyalik ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda kelgusida xalqaro mehnat bozorida munosib oʻrin egallash imkoniyatlarini kengaytiradi. 🎓 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim muhitini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.

    Buxoro Innovatsiyalar Universiteti va Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Germaniya standartlari asosida IT va elektrotexnika mutaxassislarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

  • Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv!  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar.  Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.  Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.Ilmiy

    3 daqiqa

    Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar. Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq akademiklari Buxoro Innovatsiyalar universitetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashishdi. Muloqotda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

  • Buxoro Innovatsiyalar Universitetida "BITIRUVCHI–2026" tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdiTadbirlar

    5 daqiqa

    Buxoro Innovatsiyalar Universitetida "BITIRUVCHI–2026" tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi

    "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida "Yoshlar markazi" majmuasida o'tkazilgan marosimda 643 nafar bitiruvchi — 475 bakalavr va 168 magistr — diplom va daraja oldi.

  • Talabalarimiz "BUXORO – Talaba Expo 2026" kasb ko'rgazmasida faol ishtirok etdiTalabalar hayoti

    4 daqiqa

    Talabalarimiz "BUXORO – Talaba Expo 2026" kasb ko'rgazmasida faol ishtirok etdi

    21-iyul kuni "Universal" sport majmuasida bo'lib o'tgan ko'rgazmada talabalarimiz startap loyihalarini taqdim etdi, ish beruvchilar bilan muloqot qildi va "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida ishtirok etdi.

  • Buxoroda Yulduz Turdiyeva konserti yoshlar bayramiga aylandi: buxorolik iqtidorlar taqdirlandiTadbirlar

    3 daqiqa

    Buxoroda Yulduz Turdiyeva konserti yoshlar bayramiga aylandi: buxorolik iqtidorlar taqdirlandi

    Buxoroda bo'lib o'tgan Yulduz Turdiyeva ishtirokidagi konsert dasturi haqiqiy yoshlar bayramiga aylanib ketdi.

  • Yoshlar kuni: universitet rektori Mo'ynoqda harbiy xizmatchi yoshlar bilan uchrashdiTadbirlar

    3 daqiqa

    Yoshlar kuni: universitet rektori Mo'ynoqda harbiy xizmatchi yoshlar bilan uchrashdi

    Qoraqalpog'iston Respublikasi, Mo'ynoq tumanida Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy qismda bo'lib, harbiy xizmatchi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

  • Maktabgacha ta'lim va Jismoniy madaniyat yo'nalishlari bitiruvchilarini tabriklaymiz!Ta'lim

    2 daqiqa

    Maktabgacha ta'lim va Jismoniy madaniyat yo'nalishlari bitiruvchilarini tabriklaymiz!

    Buxoro innovatsiyalar universitetining Maktabgacha ta'lim va Jismoniy madaniyat yo'nalishlari bitiruvchilari yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.

  • «Lochin-1»: Buxoro innovatsiyalar universiteti kosmik tadqiqotlar o'tkazmoqdaIlmiy

    3 daqiqa

    «Lochin-1»: Buxoro innovatsiyalar universiteti kosmik tadqiqotlar o'tkazmoqda

    Buxoro innovatsiyalar universiteti mamlakatimiz oliy ta'lim tarixida yangi sahifa ochmoqda. Universitet rahbariyati tashabbusi va qo'llab-quvvatlashi bilan talabalarimiz O'zbekistonda ilk bor o'z qo'llari bilan stratosfera havo zondini yaratdilar va uni koinot ostonasiga — taxminan 40 kilometr balandlikka uchirmoqdalar. Bu O'zbekiston uchun mutlaq rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

  • Buxoro kampusida DAK imtihonlari o'tkazildiTa'lim

    3 daqiqa

    Buxoro kampusida DAK imtihonlari o'tkazildi

    Buxoro innovatsiyalar universitetining Buxoro kampusida bitiruvchi talabalar uchun yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) imtihonlari muvaffaqiyatli bo'lib o'tdi.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna Germaniyaning nufuzli FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamda NQAAE agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “From Policy to Practice: QA Management in HEIs. Pathway to International Accreditation” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.Xalqaro

    3 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna Germaniyaning nufuzli FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamda NQAAE agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “From Policy to Practice: QA Management in HEIs. Pathway to International Accreditation” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.

    Joriy yilning 3-iyun kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Germaniyaning nufuzli FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamda NQAAE agentligi hamkorligida “From Policy to Practice: QA Management in HEIs. Pathway to International Accreditation” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’limda sifatni boshqarish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlariga bag‘ishlangan ushbu nufuzli tadbirda Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna ishtirok etdi va seminar-trening yakunida maxsus xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi. Seminar davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tizimli nazorat qilish, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda ta’lim dasturlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Buxoro innovatsiyalar universiteti rahbariyatining mazkur xalqaro seminar-treningdagi faol ishtiroki oliygohda ta’lim sifatini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va global miqyosdagi nufuzli tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti va Tojikiston pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolandiXalqaro

    3 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti va Tojikiston pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolandi

    Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro'ziyeva Dilnoz Isomjonovna xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda oliy ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish tizimini tizimli rivojlantirish maqsadida Tojikiston Respublikasining Panjikent shahriga amaliy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ushbu shaharda joylashgan nufuzli Tojikiston pedagogika universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari imzolandi. Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori tomonidan imzolangan ushbu memorandum va kelishuvlar ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Mazkur xalqaro hamkorlik universiteti yosh tadqiqotchilari va talabalari uchun global ta’lim makoniga integratsiyalashish hamda zamonaviy pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish borasida yangi strategik imkoniyatlarni kafolatlaydi.

  • BOSHQARUV, SIFAT VA IJTIMOIY TRANSFORMATSIYAIlmiy

    3 daqiqa

    BOSHQARUV, SIFAT VA IJTIMOIY TRANSFORMATSIYA

    Ayniqsa, ta’limga intiluvchan yoshlarni qamrab olish ko‘lamini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. “T-5” tamoyili Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida “T-5” tamoyili, ya’ni ta’lim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimni takomillashtirish vazifasi belgilandi. Darhaqiqat, oliy ta’limning mazmuni faqat bilim berish bilan cheklanmay, tarbiyalash, yangi bilim yaratish, uni amaliyotga joriy etish va tizimni muntazam ravishda rivojlantirishni ham qamrab oladi. Yoshlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratish, bitiruvchilarni mehnat bozori talablariga to‘liq moslashtirish, mas’uliyatli va jamiyatga foydali shaxslarni tarbiyalash, yangi bilimlar yaratish va muammolarga samarali yechim topish, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda ilmiy natijalarni mahsulot va xizmatlarga aylantirish kabi vazifalar Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Ushbu jarayonga Buxoro innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham munosib hissa qo‘shmoqda. 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur universitet Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida o‘z nufuzini oshirmoqda. Qisqa muddatda universitetda 400 ga yaqin ish o‘rni ochildi, o‘nlab fan doktorlari yetishib chiqdi, ko‘plab maqolalar nufuzli xalqaro jurnallarda chop etildi. Eng muhimi, 10 mingdan ortiq yoshga oliy ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Ular orasida turli sabablarga ko‘ra oliy ta’limdan chetda qolgan, xorijda o‘qish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelgan iqtidorli yoshlar ham bor. 2017-yilda mamlakatimizda oliy ta’limga qamrov saviyasi 9 foiz atrofida bo‘lib, arzimas ball yetishmasligi bilan abituriyentni chetga chiqarib qo‘yar edik. Oliy ta’limga kirish masalasidagi muammolar sababli yoshlarimiz xorijga ishga ketar yoki hayotining bir necha yilini abituriyent sifatida o‘tkazardi. Yana bir yomon tomoni, ball yetgani uchun o‘zi istamagan yo‘nalishlarga o‘qishga topshirib, umrini, mablag‘ini bekorga sarflab, baribir shu kasbda ishlamas edi. “Diplom olsa bas, uyog‘i bir gap bo‘lar...” Bugun mamlakatimizda yoshlar ta’lim olishi, umumiy, har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoit mavjud. Yangi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ko‘p yillik tajribaga ega davlat universitetlari bilan sog‘lom raqobatga kirisha boshladi. Lekin son ortishi sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi masalasi bugun kun tartibiga chiqdi. Biroq, yoshlar, hatto farzandining ta’lim olishi uchun pul to‘layotgan ota-onalar endigina maktab ostonasidan chiqqan, o‘zi tanlagan mutaxassisligiga oid kasbiy bilimlar, ko‘nikmalarni egallashga, xorijiy tillar, kompyuter texnologiyalarini o‘zlashtirishga yuksak ehtiyoji bor yoki o‘zi istagan yo‘nalishda hammaslak bo‘ladigan muhitda birga rivojlanishi imkoniyatlarini o‘ylamay, “bolamga sharoit qilib berdim, bu ishlab pul topishi kerak, diplom olsa bas, uyog‘i bir gap bo‘lar” degan vajlar bilan murojaat qiluvchilar ham kam emas. Davlatimiz tomonidan oliy ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi, endi hech kim o‘zi tanlagan kasbi qolib, ball kam talab qilinadigan yo‘nalishga topshirishga ham majbur emas. Tanlash imkoniyati keng, superkontrakt to‘lamaydi, to‘g‘ri tanlov qila olsa bas. Endi odamlarimiz bir jihatni chuqur anglashi kerak: ikki tomonlama shartnomada bilim oluvchi pulini to‘laydi, ta’lim muassasasi uni jamiyatimizga kerakli, raqobatbardosh kadr qilib yetkazib chiqarishi kerak. Nomiga diplom emas, ta’lim muassasalaridan sifatli ta’limni talab qilish kerak! Bugungi oliy ta’lim tizimida yana bir jiddiy muammoga duch kelyapmiz. Talabalar sonining ortishi ayrim ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayonidagi tajribasizligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. O‘ttiz besh yildan ortiq oliy ta’lim tizimidagi tajribam, pedagogika fanlari doktori sifatidagi mas’uliyatim ta’limdagi ayrim jarayonlarni aytishga undadi. Zamonaviy universitet qanday bo‘lishi kerak? Fikrimni o‘zim boshqarayotgan Buxoro innovatsiyalar universiteti misolida to‘ldiraman. Jamiyatga yaxshi bitiruvchi berish uchun, eng avvalo, kuchli jamoani shakllantirish kerak. Shu bois, universitetimizda professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tizimi to‘liq raqamlashtirilgan. Vakant lavozimlar bo‘yicha nomzodlar malaka talablari asosida saralanadi, mutaxassisligi bo‘yicha sinov darslari va yakuniy suhbat asosida tanlanadi. Har bir xodim bilan mehnat shartnomasiga “performance agreement” – samaradorlik kelishuvi tuziladi. Universitet maqsadlaridan kelib chiqib, har bir professor-o‘qituvchi va xodim uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) belgilanadi. Bu tizim faoliyat natijalarini obyektiv baholash, ilg‘or tajribalarni rag‘batlantirish va institutsional rivojlanishni tizimli qilish imkonini beradi. “BIU elektron universitet” platformasi ishga tushirilgan. Boshqaruv tizimi va o‘quv jarayoni, axborot-resurs markazi va hujjatlar almashinuvini elektronlashtirishni ta’minlovchi yagona raqamli platforma ishga tushgan. Bu workflow (ish jarayonlari)ni elektron boshqarish imkonini beradi. Sun’iy yo‘ldosh Mo‘ynoq shaharchasidan uchiriladi Buxoro innovatsiyalar universiteti 2030-yilgacha “Universitet 5.0” modeliga to‘liq o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu model ta’lim, ilm-fan, innovatsiya, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va sun’iy intellekt integratsiyasini yaxlit tizim sifatida uyg‘unlashtiradi. Modelning asosiy mohiyati: Universitet 5.0 = ta’lim + ilm-fan + innovatsiya + tijoratlashtirish + sun’iy intellekt. Natijada universitet aql va madaniyat markazi, jamiyat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlovchi, hududiy va milliy rivojlanishning drayveri sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv muassasamizda ta’lim jarayoni “kompetensiya – amaliyot – raqamli ko‘nikma” modeli asosida quriladi. Yo‘nalishlarda modernizatsiya qilinmoqda. Birinchi navbatda, talabalarga original adabiyotlar o‘qitishga katta e’tibor qaratilmoqda. Talaba kutubxonaga murojaat qilmadimi, demak, o‘qituvchi uni bu yerga yo‘naltira olmagan. Shu bois, guruhlararo, yo‘nalishlararo, universitet miqyosida mutaxassislik fanlaridan original adabiyotlar o‘qish bo‘yicha olimpiadalar, musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada talabalarni rag‘batlantirish tendensiyasi avvalga keladi. Professor-o‘qituvchilarimizga loyiha ishlari, simulyatsiyalar, Blended learning va Flipped classroom texnologiyalari, amaliy fanlararo musobaqalar, mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish talablari qo‘yiladi. Bularning barchasi tahlil qilib boriladi. Universitetda sun’iy intellekt laboratoriyasi mavjud. Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eronning nufuzli universitetlaridagi qator olimlar bilan aloqa o‘rnatilgan. Sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar laboratoriyasi (AI & Digital Innovation Lab) ta’lim, ilm-fan va boshqaruv jarayonida sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish, talabalar va olimlarni amaliy sun’iy intellekt loyihalarida faol ishtirok etishga jalb qilish, universitetning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda. Sun’iy intellekt laboratoriyasiga iqtidorli talabalar tanlab olinib, ular bugun 40 kilometr balandlikka sun’iy yo‘ldosh uchirish uchun “O‘zkosmos” agentligi, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda katta loyiha ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha taqdimoti shu yil iyun oyiga mo‘ljallangan va sun’iy yo‘ldoshning Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shaharchasidan uchirilishi rejalashtirilgan. Talabalar bilan baholash tizimi LMS (Learning Management System) platformasiga o‘tkazilgan. Bu esa baholashning xolisligi va shaffofligini ta’minlaydi. Universitetning sirtqi bo‘limi talabasi yiliga ikki marta kelib o‘qishidan tashqari, yil davomida keyingi semestr uchun o‘quv rejasida belgilangan fanlarni elektron platforma orqali o‘qib, o‘zlashtirib boradi. 4 million dollar miqdorida investitsiya Bugun universitetimiz dunyoning 50 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan akademik, ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shundan 13 tasi QS World University Rankings TOP-1000 reytingidagi universitetlardir. Hamkor oliy ta’lim muassasalari Buyuk Britaniya, Janubiy Korea, Latviya, Niderlandiya, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi muassasalaridir. Jumladan, Indoneziyaning Muhammadiya universiteti bilan 4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma ta’lim tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Logistika kompaniyasi universitetni kadrlar tayyorlash markazi sifatida tanlab, ingliz tilini yaxshi biladigan talabalarini munosib maosh bilan ishga jalb etmoqda. Shuningdek, Niderlandiyaning Gaaga amaliy fanlar universiteti bilan akademik hamkorlik dasturi amalga oshirilib, o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Niderlandiyada hamkasblarimiz bizda, bizning professorlarimiz Gaaga universitetida dars bermoqda. Ikki yildan beri talabalarimiz oliy ta’lim talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan matematika olimpiadasida faol ishtirok etib, vatanimizga kumush, bronza medallar sovg‘a qilmoqda. O‘nlab talabalarimiz sport musobaqalariga tayyorlanib, jahon chempioni bo‘ldi va kontrakt summasidan chegirma huquqini beruvchi vaucherlar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, Buxoro innovatsiyalar universiteti uzluksiz ta’lim klasterini tashkil etish bilan bog‘liq o‘ziga xos loyihani amalga oshirmoqda. Ushbu klaster tarkibidagi Buxoro innovatsiyalar akademiyasida o‘quvchilarning chet tillar, tabiiy fanlar, robototexnika, AT va sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarini oshirish bilan birga, hunarmandchilik, tikuvchilik, 3D modellashtirish, milliy hunarlar va ijodiy dizayn bo‘yicha amaliy kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutilgan. Umuman olganda, universitet strategik maqsadlari, innovatsion boshqaruv tizimi va rivojlanish rejalari bilan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida munosib o‘ringa ega. Shu o‘rinda qator taklif va tavsiyalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Sifatli faoliyat yuritayotgan nodavlat universitetlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida davlat dasturining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Sifat ko‘rsatkichlari, boshqaruv shaffofligi va bitiruvchilarning mehnat bozorida talabgirligi asosida saralangan nodavlat ta’lim muassasalarini manzilli qo‘llab-quvvatlash mexanizmini joriy etish zarur. Bunday dastur laboratoriyalar, raqamli infratuzilma, kutubxona resurslari, startap maydonlari va ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida hamkorlikda moliyalashtirishni nazarda tutadi. Bu yondashuv nodavlat sektorni sifat jihatidan mustahkamlab, uning kadrlar tayyorlashdagi rolini oshiradi. Nodavlat universitetlar kadrlar salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishi kerak. Jumladan, stajirovkalar, qo‘shma ilmiy loyihalar, doktorantura grantlari va pedagogik hamda raqamli kompetensiyalarini oshirish dasturlari muhim. LMS platformalari uchun ilmiy minimal talablarni belgilash taklif etiladi. Bu elektron kurslar, baholash tizimi, analitika, qayta aloqa va ma’lumotlar xavfsizligini qamrab olishi kerak. Ta’limda sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha normativ-metodik bazani yaratish zarur. Bu akademik halollikni ta’minlash va ta’lim samaradorligini oshiradi. Barqaror faoliyat yuritayotgan nodavlat universitetlar uchun yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochishni soddalashtirish maqsadga muvofiq. Bu ularning tezkor rivojlanishida qo‘l keladi. Yangi ta’lim yo‘nalishlarini “ogohlantirish orqali ma’qullash” mexanizmini joriy etish orqali universitetlarga faoliyatini rejalashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratishi mumkin. 40 yillik tajribam asosi Ko‘p yillik tajribamizga asoslanib va ta’lim sifatini oshirishning qanchalik muhimligini anglagan holda, ta’kidlab aytmoqchimizki, ta’lim muassasasining yangiligi yoki xususiy tizimda ishlayotgani unga “xato qilishi mumkin, vaqti bilan tuzatiladi” degan vajlarni bermaydi. Chunki biz bugun ta’lim-tarbiya bergan yoshlar tajribamiz pishguncha qaytib kelib o‘qimaydi, biz ularga bugun diplom beramiz. Yangi universitetlar tajribali kadrlarni jamoaga jalb qilishi kerak. Dunyo tajribasini qo‘llashi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash pozitsiyasini mustahkamlashi zarur. Vazirlik va idoralar tomonidan universitetlarga nisbatan davlat, nodavlat degan terminologiyadan voz kechish, barchaga bir xil talab, bir xil imkoniyat va universitetlarini rivojlantirish choralari ko‘rilishi kerak.

  • Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish tartibi yangilandi.Ta'lim

    3 daqiqa

    Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish tartibi yangilandi.

    Bu bo‘yicha Hukumatning joriy yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi vakolatli davlat organi Bilim va malakalarni baholash agentligi etib belgilangan. Talabalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), agentlikning maxsus elektron platformasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishi mumkin. Arizadagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagani, noto‘g‘ri yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar aniqlangani, shuningdek, belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani arizani rad etishga asos bo‘ladi. Taqdim etilgan hujjatlar 15-iyuldan 6-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi va arizani qabul qilish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Bu haqda talabalarga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabar yuboriladi. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijalari imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta ichida ariza beruvchilarga taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan keyingi bosqichda xorijiy til sertifikati talab qilinmasligi haqida xabar berilgandi.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovnaning “Boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” nomli maqolasi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 119-sonida chop etildiIlmiy

    3 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovnaning “Boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” nomli maqolasi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 119-sonida chop etildi

    2026-yil 13-iyun kuni chop etilgan “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 119-sonida Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovnaning “Boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” nomli mualliflik maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ta’lim sifati, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda universitetlar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida fikr yuritilgan. Maqolaning nufuzli respublika nashrida chop etilishi Buxoro innovatsiyalar universiteti ilmiy salohiyati va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasining yana bir e’tirofi hisoblanadi.

  • Buxoro shahridagi “Shahriston” maydonida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida tantanali gala-konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirlar

    3 daqiqa

    Buxoro shahridagi “Shahriston” maydonida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida tantanali gala-konsert dasturi tashkil etildi.

    Tadbirning rasmiy qismida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yoshlar Yangi O‘zbekiston islohotlarini harakatlantiruvchi asosiy kuch ekanligini alohida e’tirof etishdi. Mazkur nufuzli tadbirda Buxoro innovatsiyalar universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham o‘zlarining yuqori faolligi bilan ajralib turishdi. Shuningdek, ilm-fan, sport va turli sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh buxorolik yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Bayram dasturi yoshlar sevadigan estrada xonandalarining dildor taronalari va sho‘x kuylari bilan davom etdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan konsert dasturi nafaqat yoshlarga, balki viloyat aholisi hamda Buxoroga tashrif buyurgan mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

  • Buxoroda "Yoshlar tashabbuslari" marafoni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdiTadbirlar

    3 daqiqa

    Buxoroda "Yoshlar tashabbuslari" marafoni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi

    Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini birlashtirgan “Yoshlar tashabbuslari" marafoni qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir navqiron avlod vakillarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va o‘ziga xos iste’dodlarini namoyon etishi uchun yirik hamda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Marafon davomida ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlar o‘zlashtirish va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mazkur festival doirasida yoshlar hayotiga daxldor bo‘lgan muhim uchrashuvlar ham tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Xayrullo Sattorov tadbirga tashrif buyurib, yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma va taqdimotlar bilan yaqindan tanishdilar. Rahbariyat vakillari yoshlarning ijodiy va ilmiy intilishlarini yuqori baholab, ularning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Ushbu nufuzli platformada Buxoro innovatsiyalar universiteti jamoasi ham o‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan faol ishtirok etdi. Universitet tomonidan tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, talabalarning innovatsion ishlanmalari, kreativ loyihalari hamda oliygohning so‘nggi ilmiy yutuqlari keng jamoatchilik va ekspertlar e’tiboriga havola etildi. Muassasa jamoasining ushbu faolligi zamonaviy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini amalda ko‘rsatib beruvchi yorqin namuna bo‘ldi.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildiXalqaro

    3 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi

    Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida ilm-fan va taʼlim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta’lim sifatini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy yetakchi olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolari, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va ilg‘or metodikalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida so‘zga chiqqan ma’ruzachilarning chiqishlari tizimni yanada takomillashtirish hamda ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish bo‘yicha muhim amaliy taklif va yechimlarni taqdim etdi. Anjuman yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, xalqaro konferensiyaning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan, o‘zining sermazmun ma’ruzalari hamda tashabbuslari bilan ajralib turgan bir guruh faol ishtirokchilar universitet rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna tomonidan alohida e’tirof etilib, tantanali ravishda “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqdaXalqaro

    4 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda

    Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida «Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta'lim sifatini oshirish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.

  • Buxoro innovatsiyalar universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdiXalqaro

    8 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

    2026-yil 2-iyun kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida «Zamonaviy fan va ta'lim: innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya va ilmiy tadqiqotlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.

  • BUI o'qituvchilari PhD dissertatsiyalarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildiIlmiy

    4 daqiqa

    BUI o'qituvchilari PhD dissertatsiyalarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi

    «Pedagogika, psixologiya va sport» kafedrasi o'qituvchilari Egamberdiyeva Muqaddas Gupronqul qizi va Sirojiddinova Nilufar Qodirali qizi 2026-yil 21-may kuni pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildilar.

  • O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladiXalqaro

    5 daqiqa

    O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladi

    Buxoro davlat texnika universitetida "Global raqobatbardoshlik uchun O'zbekiston – Turkiya oliy ta'lim hamkorligini rivojlantirish" mavzusidagi O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladi. Forumda ikki mamlakat 60 ga yaqin oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

  • BUI va hamkor tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi rasman imzolandiXalqaro

    5 daqiqa

    BUI va hamkor tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi rasman imzolandi

    Mazkur hujjat ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada rivojlantirish hamda birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yo'lida muhim huquqiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.

  • PF-21-son Farmon mazmuniga bag'ishlangan davra suhbati: 2030-yilgacha ustuvor yo'nalishlar talabalar bilan muhokama qilindiTa'lim

    7 daqiqa

    PF-21-son Farmon mazmuniga bag'ishlangan davra suhbati: 2030-yilgacha ustuvor yo'nalishlar talabalar bilan muhokama qilindi

    Akademik Akmal Saidov va professor Murodjon Turg'unov talabalarga murakkab qonunchilik hujjatlarini hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tarzda tushuntirib, barcha savollarga to'g'ridan-to'g'ri javob berdilar.

  • Oliy Majlis deputati akademik Akmal Saidov va professor Murodjon Turg'unov BUIga tashrif buyurdiTadbirlar

    6 daqiqa

    Oliy Majlis deputati akademik Akmal Saidov va professor Murodjon Turg'unov BUIga tashrif buyurdi

    Mehmonlar birinchi prorektor Shavkat Sharipov hamrohligida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va o'quv jarayonidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi.

  • Buxoro innovatsiyalar universiteti va Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohi o'rtasida strategik hamkorlik o'rnatildiXalqaro

    5 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universiteti va Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohi o'rtasida strategik hamkorlik o'rnatildi

    Dual daraja (2+2 va 1+3), akademik almashinuv va qo'shma ilmiy tadqiqotlar imkoniyatlarini o'z ichiga olgan hamkorlik shartnomasi 13-aprel kuni rasman imzolandi.

  • Xalqaro hamkorlik: zamonaviy tilshunoslik va notiqlik mahoratiXalqaro

    7 daqiqa

    Xalqaro hamkorlik: zamonaviy tilshunoslik va notiqlik mahorati

    Professor-o'qituvchilar uchun o'tkazilgan metodik uchrashuvda innovatsion til o'rgatish texnologiyalari, raqamli yechimlar va xalqaro standartlar asosida samarali yondashuvlar muhokama qilindi.

  • Buxoro innovatsiyalar universitetida «Qadriyatlar festivali»: ilm, saxovat va an'analar uyg'unligiTadbirlar

    6 daqiqa

    Buxoro innovatsiyalar universitetida «Qadriyatlar festivali»: ilm, saxovat va an'analar uyg'unligi

    Milliy qadriyatlar, ilm-fan va an'analar uyg'unligini namoyish etuvchi festivalda talabalar faolligi, madaniy dasturlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

  • 8-Mart: Ayol professor-o'qituvchilar tabriklash marosimida taqdirlandiTadbirlar

    4 daqiqa

    8-Mart: Ayol professor-o'qituvchilar tabriklash marosimida taqdirlandi

    Universitet rahbariyati barcha ayol o'qituvchilarni bayram bilan qutlab, esdalik sovg'alari va gullar topshirdi.

  • Akademik Saidahror G'ulomov ishtirokida ilmiy seminar bo'lib o'tdiIlmiy

    5 daqiqa

    Akademik Saidahror G'ulomov ishtirokida ilmiy seminar bo'lib o'tdi

    Universitetimizda O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi S.S. G'ulomov ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.

  • Lobar qizlar ko'rik-tanlovi – talaba-qizlar iste'dodini namoyon etdiTadbirlar

    4 daqiqa

    Lobar qizlar ko'rik-tanlovi – talaba-qizlar iste'dodini namoyon etdi

    Guliston kampusida iqtidorli, faol va tashabbuskor talaba-qizlarning salohiyati namoyon etildi.

  • Bitiruvchi talabalar bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdiTalabalar hayoti

    5 daqiqa

    Bitiruvchi talabalar bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

    Universitetda bitiruvchi talabalar uchun rahbariyat hamda mutaxassislar ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi.

  • Shymkent va Buxoro universitetlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandiXalqaro

    5 daqiqa

    Shymkent va Buxoro universitetlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    Qozog'iston va O'zbekiston universitetlari ta'lim, ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuv yo'nalishlarida hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

  • BUI rektori Oliy ta'lim vazirligining Hay'at yig'ilishida faol ishtirok etdiTa'lim

    4 daqiqa

    BUI rektori Oliy ta'lim vazirligining Hay'at yig'ilishida faol ishtirok etdi

    Qo'qon shahrida Qo'qon universitetining ijtimoiy hamkorlik loyihalari va ehtiyojmand oilalar farzandlarini o'qitish tajribasiga bag'ishlangan amaliy dastur bo'lib o'tdi.