Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladiTa'lim
3 daqiqaMatbuot xizmati

O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich 1-kurs talabalarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi

ASMAN UNIVERSITYda yangi o'quv yili munosabati bilan birinchi kurs talabalari bilan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor Niyozov Alisher Kamilovich so'zga chiqib, universitetimiz talabalari safiga qo'shilgan yoshlarni chin qalbdan tabrikladi. Prorektor o'z nutqida talabalik davrining inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, yoshlarni bilim olishga jiddiy yondashishga, darslarni sifatli o'zlashtirishga va universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, o'quv jarayonining tashkil etilishi, baholash tizimi va talabalar oldiga qo'yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirib o'tdi. Uchrashuv davomida birinchi kurs talabalari universitetdagi zamonaviy o'quv auditoriyalari, elektron kutubxona, til markazlari hamda ilmiy va ijodiy to'garaklar imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Aziz birinchi kurs talabalari, ASMAN UNIVERSITY jamoasi sizni talabalar safiga qo'shilganingiz bilan tabriklaydi!

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram