Ta'limBuxoro kampusida DAK imtihonlari o'tkazildi
Buxoro innovatsiyalar universitetining Buxoro kampusida bitiruvchi talabalar uchun yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) imtihonlari muvaffaqiyatli bo'lib o'tdi.
Imtihonlar davomida bitiruvchilar o'qish yillarida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko'nikmalari va kasbiy tayyorgarligini namoyon etdilar. Komissiya a'zolari talabalarning javoblarini xolis baholab, ularning malakali mutaxassis sifatida shakllanganini e'tirof etdilar.
Bu imtihon — har bir bitiruvchi uchun talabalik bosqichining yakuni va kasbiy hayot sari qo'yilgan ilk ishonchli qadamdir.
Barcha bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklaymiz! Yo'lingiz ochiq, kelajagingiz porloq bo'lsin! 🎓✨
#BuxoroInnovatsiyalarUniversiteti #BuxoroKampus #DAK2026 #Bitiruvchilar
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
