Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
BUI o'qituvchilari PhD dissertatsiyalarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildiIlmiy
4 daqiqaBUI Media Markazi
1250ko'rildi187like64ulashildi

BUI o'qituvchilari PhD dissertatsiyalarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi

Buxoro innovatsiyalar universitetining «Pedagogika, psixologiya va sport» kafedrasi o'qituvchilari — Egamberdiyeva Muqaddas Gupronqul qizi hamda Sirojiddinova Nilufar Qodirali qizining pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari 2026-yil 21-may kuni 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Dissertatsiya himoyasi marosimidan lavha
Dissertatsiya himoyasi marosimidan lavha

Egamberdiyeva Muqaddas Gupronqul qizining dissertatsiya ishi

Egamberdiyeva Muqaddas Gupronqul qizi «Multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o'rgatish metodikasini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi bilan muvaffaqiyatli himoya qildi. Ushbu ilmiy tadqiqot maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning nutq va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda multimedia vositalaridan samarali foydalanish usullarini yangi pog'onaga olib chiqishga qaratilgan.

Sirojiddinova Nilufar Qodirali qizining dissertatsiya ishi

Sirojiddinova Nilufar Qodirali qizi «Innovatsion ta'limda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish metodikasini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi bilan muvaffaqiyatli himoya qildi. Tadqiqot innovatsion ta'lim metodlari yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ong va tabiatga mas'uliyatli munosabatni shakllantirishning zamonaviy yo'llarini ishlab chiqishga bag'ishlangan.

Muvaffaqiyatli himoyadan so'ng xotira surati
Muvaffaqiyatli himoyadan so'ng xotira surati

Universitet jamoasining tabriknomasi

Universitet jamoasi nomidan ustozlarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ikkala o'qituvchining ham dissertatsiya ishlari himoya kengashi a'zolari tomonidan 100% ovoz bilan qo'llab-quvvatlandi va yuksak baholandi.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

Teglar#PhD himoyasi#Buxoro innovatsiyalar universiteti#Pedagogika fanlari#Dissertatsiya#Ilmiy daraja#Kadrlar tayyorlash
UlashishFacebookTelegram