Ilmiy3 daqiqaMatbuot xizmati
Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi muhim uchrashuv! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq yetakchi akademiklari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning taklifiga binoan qadimiy va unutilmas Buxoro viloyatida mehmon bo‘lib turibdilar. Tashrif doirasida mamlakatimiz ilm-fan fidoyilari bo‘lgan nufuzli akademiklar Buxoro Innovatsiyalar universitetida ham bo‘lib, oliygoh jamoasi va talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirish va mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 20 dan ortiq akademiklari Buxoro Innovatsiyalar universitetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashishdi. Muloqotda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
