Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'makIlmiy
4 daqiqaMatbuot xizmati

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy ko'mak

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Yangi o'quv yilida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va rasmiylashtirish bo'yicha amaliy ko'mak ko'rsatiladi.

Maslahat va amaliy yordam yo'nalishlari

💡 Ixtiro — yangi qurilma, texnologiya yoki texnik yechim.

🔧 Foydali model — qurilma va uning texnik yechimi.

🎨 Sanoat namunasi — mahsulotning o'ziga xos tashqi ko'rinishi va dizayni.

🌱 Seleksiya yutug'i — yangi o'simlik navi yoki hayvon zoti.

📖 Mualliflik huquqi — kitob, maqola, ilmiy ish va boshqa ijodiy asarlar, ya’ni ijodiy mehnatingizga bo‘lgan huquq.

📌 Yuqoridagi intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tegishli hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va talabnomalarni topshirishda amaliy ko'mak ko'rsatiladi.

💻 EHM uchun dastur yoki mobil ilova yaratdingizmi?

G'oyangiz bormi, lekin unga guvohnoma olish tartibini bilmayapsizmi? Xavotir olmang! Sizga talabnomani tayyorlash, rasmiylashtirish va topshirish hamda guvohnoma olish jarayonida amaliy yordam va maslahat beramiz.

📌 Sizdan — g'oyangiz yoki yaratgan dasturingiz va kerakli ma'lumotlar. Bizdan — uni rasmiylashtirish va guvohnoma olish jarayonida amaliy ko'mak.

Qo'shimcha ko'rsatiladigan xizmatlar

🔎 Tezkor patent-axborot qidiruvini o'tkazish.

📑 Patent talabnomalarining rasmiy va mohiyat bo‘yicha ekspertizasi yuzasidan tushuntirishlar berish.

📝 Ekspertiza so'rovnomalariga javob tayyorlashda ko'maklashish.

💰 Davlat bojlari va ularni to'lash tartibi bo'yicha ma'lumot berish.

📈 Olingan patent va guvohnomalarni tijoratlashtirish bo'yicha maslahat berish.

📄 Litsenziya shartnomalari hamda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish bo'yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va davlat ro'yxatidan o'tkazishda ko'maklashish.

🤝 Biz bilan bog'laning

📌 Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Buxoro filiali. 👤 Bosh maslahatchi — Davron Bekmuradov. 📞 Tel.: +998 90 788 26 14

"G'oyangizni huquqiy jihatdan himoya qiling!"

— Intellektual mulk markazi Buxoro filiali
UlashishFacebookTelegram