Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
«Lochin-1»: Buxoro innovatsiyalar universiteti kosmik tadqiqotlar o'tkazmoqdaIlmiy
3 daqiqaMatbuot xizmati

«Lochin-1»: Buxoro innovatsiyalar universiteti kosmik tadqiqotlar o'tkazmoqda

Buxoro innovatsiyalar universiteti mamlakatimiz oliy ta'lim tarixida yangi sahifa ochmoqda. Universitet rahbariyati tashabbusi va qo'llab-quvvatlashi bilan talabalarimiz O'zbekistonda ilk bor o'z qo'llari bilan stratosfera havo zondini yaratdilar va uni koinot ostonasiga — taxminan 40 kilometr balandlikka uchirmoqdalar. Bu O'zbekiston uchun mutlaq rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

Bu shunchaki ilmiy tajriba emas. Bu — yoshlarning bilimi, jasorati va orzulari samarasi. Bir guruh talaba oddiy g'oyadan boshlab, muhandislik, fizika va jamoaviy mehnat orqali real natijaga yetib keldi. 2026-yil 28-iyun kuni «Lochin-1» Qoraqalpog'iston, Mo'ynoq cho'li ustidan parvozga ko'tariladi va 40 km balandlikdan Vatanimizni 4K formatda tasvirga oladi.

Universitetimiz uchun bu loyiha — fan va innovatsiyaga, eng muhimi, o'z talabalariga bo'lgan ishonchning isboti. Biz yoshlarimizga shunchaki bilim bermaymiz — biz ularga osmonni zabt etish imkoniyatini yaratamiz.

«Lochin» parvozga shay. Biz bilan bu tarixiy lahzani kuzating! Buxoro innovatsiyalar universiteti — kelajak shu yerda yaratiladi.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram