IlmiyBuxoro innovatsiyalar universitetida akademik Saidahror G'ulomov ishtirokida ilmiy seminar bo'lib o'tdi
Universitetimizda ilm-fan fidoyisi, yirik davlat va jamoat arbobi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Saidahror Saidahmedovich G'ulomov ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv mavzulari
Uchrashuv davomida bugungi kunning eng dolzarb va ahamiyatli mavzulari muhokama qilindi. Xususan:
Raqamli iqtisodiyot hamda IT sohasining kelajakdagi istiqbollari; «Aqlli ta'lim» tizimi va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish; xotirani mustahkamlash, miya faoliyatini rivojlantirish va bilimlarni o'zlashtirish samaradorligini oshirish mexanizmlari.



"Mazmunli va foydali davra suhbati hamda qimmatli bilimlari uchun akademik S.S. G'ulomovga universitet jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!"
— Buxoro innovatsiyalar universiteti
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
