XalqaroBuxoro innovatsiyalar universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi
2026-yil 2-iyun kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida «Zamonaviy fan va ta'lim: innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya va ilmiy tadqiqotlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.
Anjumanning ochilish marosimida universitet strategiyalar bo'yicha birinchi prorektori Shavkat Safarovich Sharipov kirish so'zi bilan chiqib, tadbirlarni ochiq deb e'lon qildi. U konferensiya ishtirokchilarini samimiy qutlab, bunday ilmiy anjumanlar olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilar o'rtasida tajriba almashish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Yalpi majlis ma'ruzachilari
Konferensiyaning yalpi majlisida quyidagi mehmonlar va olimlar ma'ruza qildilar:
Abira Husenova Amanovna — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, psixologiya fanlari doktori, professor. «Yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda oilaviy qadriyatlarning o'rni».
Anna Romanova — Belarus milliy texnika universiteti (BNTU) dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. «Muhandis-pedagoglarni tayyorlashda tarmoqli hamkorlik shakli (IPF BNTU tajribasi)».
Jasur Elmurodovich Ramazonov — IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xodimi. «Davlat dasturi xalq va yurt taraqqiyoti uchun xizmat qiladi».
Svetlana Yakubovna Balxova — M.V. Lomonosov nomidagi MDU Dushanbe filiali professori, filologiya fanlari doktori. «Fe'l dunyoning o'zgaruvchan modeli aksi sifatida».
Sunnatjon Axtam o'g'li Axatov — Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi, «Milliy tiklanish» DP Buxoro viloyat Kengashi raisi o'rinbosari. «Jadidchilik harakatida yoshlar tarbiyasining tarixiy asoslari».
Muxtar Abenovich Ermekbaev — Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti professori (Qozog'iston). «Boshlang'ich ta'limga zamonaviy yondashuv texnologiyalari».
Alijon Ro'ziqulovich Hamroyev — Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori. «Zamonaviy ta'lim paradigmalari: yondashuv va tendensiyalar».
Matt Sveum — AQSh, Missuri universiteti professori (PhD). «Microeconomics Theory and Application».
Aziza Aminovna Ikramova — BIU Pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. «Oliy ta'limda ingliz tilini o'qitishda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari».
Zebiniso Shavkatovna Ahmadova — BIU professori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). «Yangi O'zbekiston ijtimoiy siyosatining globallashuv sharoitida shakllanishi».
Ruxshona Asadova — BIU 2-bosqich talabasi. «Cho'lpon nasrida ayol obrazi evolyutsiyasi: "Kecha va Kunduz" misolida».
Sho'ba majlislari
Yalpi majlis yakunlangach, anjuman o'z ishini 6 ta sho'bada davom ettirdi. Har bir sho'bada rais va moderator boshchiligida ilmiy taqdimotlar bo'lib o'tdi hamda qizg'in muhokamalar yuritildi:
1-sho'ba — rais: Elmurodova Aziza Suvonovna; moderator: Karimova Mexriniso Djamshidovna.
2-sho'ba — rais: Po'lotova Yulduz Asadovna; moderator: Ahmadova Mahbuba Shavkatovna.
3-sho'ba — rais: Jabborova Nafisa Hikmatovna; moderator: Xasanova Zamira Shukurovna.
4-sho'ba — rais: Jabborova Aziza Shixnazarovna; moderator: Sadullayeva Zarnigor To'lqinjon qizi.
5-sho'ba — rais: Teshayev Azizbek To'ynor o'g'li; moderator: Boltayeva Nasiba Ilhomovna.
6-sho'ba — rais: Sharifova Mahliyo Zarif qizi; moderator: G'aniyeva Malohat Odil qizi.
Sho'ba majlislarida olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar tomonidan ko'plab dolzarb mavzulardagi ilmiy taqdimotlar amalga oshirildi, samarali ilmiy munozaralar bo'lib o'tdi. Konferensiya zamonaviy fan, ta'lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish uchun samarali maydon bo'ldi.
