Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Buxoro innovatsiyalar universiteti va Tojikiston pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolandiXalqaro
3 daqiqaMatbuot xizmati

Buxoro innovatsiyalar universiteti va Tojikiston pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolandi

Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro'ziyeva Dilnoz Isomjonovna xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda oliy ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish tizimini tizimli rivojlantirish maqsadida Tojikiston Respublikasining Panjikent shahriga amaliy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ushbu shaharda joylashgan nufuzli Tojikiston pedagogika universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari imzolandi. Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori tomonidan imzolangan ushbu memorandum va kelishuvlar ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Mazkur xalqaro hamkorlik universiteti yosh tadqiqotchilari va talabalari uchun global ta’lim makoniga integratsiyalashish hamda zamonaviy pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish borasida yangi strategik imkoniyatlarni kafolatlaydi.

UlashishFacebookTelegram