XalqaroBuxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna Germaniyaning nufuzli FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamda NQAAE agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “From Policy to Practice: QA Management in HEIs. Pathway to International Accreditation” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.
Joriy yilning 3-iyun kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Germaniyaning nufuzli FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamda NQAAE agentligi hamkorligida “From Policy to Practice: QA Management in HEIs. Pathway to International Accreditation” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’limda sifatni boshqarish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlariga bag‘ishlangan ushbu nufuzli tadbirda Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna ishtirok etdi va seminar-trening yakunida maxsus xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi. Seminar davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tizimli nazorat qilish, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda ta’lim dasturlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Buxoro innovatsiyalar universiteti rahbariyatining mazkur xalqaro seminar-treningdagi faol ishtiroki oliygohda ta’lim sifatini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va global miqyosdagi nufuzli tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
