Xalqaro3 daqiqaMatbuot xizmati
🤝 BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI 🏛 Buxoro Innovatsiyalar Universitetida Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) direktori Noyobjon M. Ahmadjonov bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 📌 Maʼlumot uchun, DUWK Büro Germaniya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining (GOʻIK) ishchi organi hisoblanadi. Mazkur kengashning Oʻzbekiston tomonidan hamraisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hisoblanadi. 💡 Uchrashuv davomida universitetda elektrotexnika va IT yoʻnalishlari boʻyicha Germaniya standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 🔬 Rejaga koʻra, taʼlim jarayoniga Germaniya tajribasi asosidagi oʻquv dasturlari joriy etilishi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi hamda germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. 🌍 Mazkur hamkorlik talabalar uchun Germaniya mehnat bozori talablariga mos bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash, germaniyalik ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda kelgusida xalqaro mehnat bozorida munosib oʻrin egallash imkoniyatlarini kengaytiradi. 🎓 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim muhitini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti va Germaniya–Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Germaniya standartlari asosida IT va elektrotexnika mutaxassislarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
