XalqaroBuxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda
Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida ilm-fan va ta'lim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan «Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta'lim sifatini oshirish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.
Nufuzli anjumanning ochilish marosimida universitet rektori Ro'ziyeva Dilnoz Isomjonovna ma'ruza bilan chiqib, bugungi global o'zgarishlar davrida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda oliy ta'lim sifatini tubdan yaxshilash muhim strategik vazifa ekanligini alohida ta'kidladi va xalqaro anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur yirik ilmiy platformada dunyoning va mamlakatimizning yetakchi oliygohlari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan yuzlab taniqli olimlar, professor-o'qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida ishtirokchilar zamonaviy ta'lim metodikalari, raqamli pedagogika, nazariya va amaliyot uyg'unligi hamda ta'lim sifatini baholashning xalqaro mezonlari kabi dolzarb yo'nalishlarda o'zaro tajriba almashib, sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi yechim va istiqbolli takliflarni muhokama qilmoqdalar.
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
