Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildiXalqaro
3 daqiqaMatbuot xizmati

Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi

Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida ilm-fan va taʼlim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta’lim sifatini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy yetakchi olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolari, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va ilg‘or metodikalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida so‘zga chiqqan ma’ruzachilarning chiqishlari tizimni yanada takomillashtirish hamda ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish bo‘yicha muhim amaliy taklif va yechimlarni taqdim etdi. Anjuman yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, xalqaro konferensiyaning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan, o‘zining sermazmun ma’ruzalari hamda tashabbuslari bilan ajralib turgan bir guruh faol ishtirokchilar universitet rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna tomonidan alohida e’tirof etilib, tantanali ravishda “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram