Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Lobar qizlar ko'rik-tanlovi – talaba-qizlar iste'dodini namoyon etdiTadbirlar
5 daqiqaBUI Media Markazi
980ko'rildi89like32ulashildi

Lobar qizlar ko'rik-tanlovi – talaba-qizlar iste'dodini namoyon etdi

8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 5-mart kuni Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida «Lobar qizlar» ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. Mazkur tanlov iqtidorli, faol va tashabbuskor talaba-qizlarning salohiyatini namoyon etish, ularning iste'dodini qo'llab-quvvatlash hamda bayramona muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Talaba-qizlar chiqishlari

Ko'rik-tanlov davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida o'zlarining bilim, mahorat, ijodkorlik hamda sahna madaniyatini namoyish etdilar. Talaba-qizlar o'z chiqishlari orqali nafaqat o'zlarining ko'p qirrali iste'dodini ko'rsatdilar, balki tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga o'zgacha ruh bag'ishladilar.

Talaba-qizlar ko'rik-tanlovida ishtirok etmoqda
Talaba-qizlar ko'rik-tanlovida ishtirok etmoqda
Ishtirokchilar sahna madaniyatini namoyish etmoqda
Ishtirokchilar sahna madaniyatini namoyish etmoqda
Talaba-qizlar ijodkorlik va mahoratini ko'rsatmoqda
Talaba-qizlar ijodkorlik va mahoratini ko'rsatmoqda

Taqdirlash marosimi

Tanlov yakunida hakamlar hay'ati tomonidan eng munosib deb topilgan ishtirokchilar faxrli o'rinlarni egallab, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir universitetimiz talaba-qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda Xalqaro xotin-qizlar bayramini munosib nishonlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

G'olib talaba-qizlar taqdirlanmoqda
G'olib talaba-qizlar taqdirlanmoqda
Faxrli o'rinlar egallagan ishtirokchilar
Faxrli o'rinlar egallagan ishtirokchilar
Diplom va esdalik sovg'alari topshirish
Diplom va esdalik sovg'alari topshirish
Talaba-qizlar bayramona muhitda
Talaba-qizlar bayramona muhitda
Ko'rik-tanlov ishtirokchilari
Ko'rik-tanlov ishtirokchilari
Lobar qizlar ko'rik-tanlovi yutuqlari
Lobar qizlar ko'rik-tanlovi yutuqlari

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

Teglar#8-Mart#Lobar qizlar#Talabalar#Ko'rik-tanlov#Guliston#Buxoro
UlashishFacebookTelegram