TadbirlarBuxoro Innovatsiyalar Universitetida "BITIRUVCHI–2026" tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi
Buxoro Innovatsiyalar Universitetida "BITIRUVCHI–2026" tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi! "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida tashkil etilgan marosim "Yoshlar markazi" majmuasida yuqori kayfiyat, samimiy tabriklar va unutilmas lahzalar bilan bo'lib o'tdi.

Bayram tadbirini universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna hamda Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Ortiqova Hafiza Tuymurodovna tantanali ravishda ochib berdilar. O'z tabrik so'zlarida ular bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyatlar, Vatan ravnaqi yo'lida munosib xizmat qilish hamda kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladilar.
643 nafar bitiruvchi diplom va daraja oldi
Joriy yilda universitetni 643 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 475 nafari bakalavr, 168 nafari magistratura bosqichini yakunlab, diplom va magistrlik darajasiga sazovor bo'ldi. Tadbir davomida bitiruvchilarning yillar davomida egallagan bilim va tajribasi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning cheksiz ishonchi va qo'llab-quvvatlashi alohida e'tirof etildi.

Diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib olgan yoshlarning qalbida quvonch, faxr va ertangi kunga bo'lgan ishonch yanada mustahkamlandi. "BITIRUVCHI–2026" nafaqat diplom topshirish marosimi, balki ezgu orzular, yangi marralar va katta hayot sari dadil tashlangan qadamlarning yorqin ramziga aylandi.
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti barcha bitiruvchilarni yana bir bor muborakbod etadi va ularning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
