TadbirlarBuxoroda Yulduz Turdiyeva konserti yoshlar bayramiga aylandi: buxorolik iqtidorlar taqdirlandi
Buxoroda bo'lib o'tgan Yulduz Turdiyeva ishtirokidagi konsert dasturi haqiqiy yoshlar bayramiga aylanib ketdi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, o'z bilimi, iste'dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo'shayotgan bir guruh yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali va "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Ular orasida buxorolik yoshlar ham bor. Jumladan, Buxoro shahridagi «Bukhara books» xususiy kitob do'konlari tarmog'i ta'sischisi Jaxongir Bafoyev va Vobkent tumanidan bo'lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramay, uyda ta'lim olayotgan bolalar uchun "O'qi va yuksal" loyihasini amalga oshirib kelayotgan Chinora G'ulomova «Kelajak bunyodkori» medali bilan, 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo'mitasi a'zosi Daler Rahimov «Mard o'g'lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Shuningdek, "Yosh kitobxon" respublika tanlovining murosasiz va hayajonga boy o'tgan final bosqichida 10–14 yosh toifasi bo'yicha buxorolik Farzona Nosirova 1-o'rinni egalladi va Prezident sovg'asi — "BYD Chazor" elektromobilini qo'lga kiritdi.
15–19 yosh toifasidagi ishtirokchilar o'rtasida kechgan murosasiz va qizg'in aql-zakovat jangida esa buxorolik Mohinur Hoshimova 3-o'rinni egalladi va 50 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Konsert dasturi davomida ushbu yoshlar erishgan muvaffaqiyatlar yana bir bor e'tirof etildi. Chinora G'ulomovaga esa Buxoro davlat universitetiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilinganligi to'g'risidagi sertifikat va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
#Buxoro #YulduzTurdiyeva #Yoshlar #KelajakBunyodkori #MardOgʻlon #YoshKitobxon #YangiOʻzbekiston
Tadbir rasmlari
Rasmni bosib kattalashtiring
