Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdiTadbirlar
3 daqiqaMatbuot xizmati

IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi

19-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Buxoro shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. IT Community Roadshow Buxorodagi Asman universitetida 190 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi. Tadbirda qatnashish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Kogon va Qorako‘o‘llik ishtirokchilar uchun bepul transport tashkil etildi.

IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi
IT Community of Uzbekistan Roadshow tadbiri Asman universitetida bo‘lib o‘tdi

Kun davomida spikerlar IT sohasida karyera qurish, startaplarni rivojlantirish, frilans va professional rivojlanish uchun AIdan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ishtirokchilar networking sessiyalarida spikerlarga savollar berish, professional aloqalarini kengaytirish, kofe-breyklarda suhbatlashish hamda interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, sovrinlar yutish imkoniga ega bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilari
Tadbir ishtirokchilari

Minnatdorchilik

Qimmatli bilim va tajribalarini ulashgan spikerlarga minnatdorchilik bildiramiz: Shavkat Karimov, Amir Hotami, Madina Berkimbayeva, A’zam Umarov, Azizbek Qurbonov, Nozima Sharifova, Shuxrat Mirzayev, Dilafruz Xidoyatova, Olimbek Nizomov va Kamilla Beknazarova.

Qo‘llab-quvvatlagan homiylar Uzum, Huawei, UZCARD, Free.UZ va EPAM’ga, shuningdek, hamkorlar School 21, Women in Tech, OLX va Asman universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram