Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Buxoroda "Yoshlar tashabbuslari" marafoni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdiTadbirlar
3 daqiqaMatbuot xizmati

Buxoroda "Yoshlar tashabbuslari" marafoni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini birlashtirgan “Yoshlar tashabbuslari" marafoni qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir navqiron avlod vakillarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va o‘ziga xos iste’dodlarini namoyon etishi uchun yirik hamda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Marafon davomida ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlar o‘zlashtirish va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mazkur festival doirasida yoshlar hayotiga daxldor bo‘lgan muhim uchrashuvlar ham tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Xayrullo Sattorov tadbirga tashrif buyurib, yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma va taqdimotlar bilan yaqindan tanishdilar. Rahbariyat vakillari yoshlarning ijodiy va ilmiy intilishlarini yuqori baholab, ularning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Ushbu nufuzli platformada Buxoro innovatsiyalar universiteti jamoasi ham o‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan faol ishtirok etdi. Universitet tomonidan tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, talabalarning innovatsion ishlanmalari, kreativ loyihalari hamda oliygohning so‘nggi ilmiy yutuqlari keng jamoatchilik va ekspertlar e’tiboriga havola etildi. Muassasa jamoasining ushbu faolligi zamonaviy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini amalda ko‘rsatib beruvchi yorqin namuna bo‘ldi.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram