Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Buxoro shahridagi “Shahriston” maydonida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida tantanali gala-konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirlar
3 daqiqaMatbuot xizmati

Buxoro shahridagi “Shahriston” maydonida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida tantanali gala-konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirning rasmiy qismida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yoshlar Yangi O‘zbekiston islohotlarini harakatlantiruvchi asosiy kuch ekanligini alohida e’tirof etishdi. Mazkur nufuzli tadbirda Buxoro innovatsiyalar universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham o‘zlarining yuqori faolligi bilan ajralib turishdi. Shuningdek, ilm-fan, sport va turli sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh buxorolik yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Bayram dasturi yoshlar sevadigan estrada xonandalarining dildor taronalari va sho‘x kuylari bilan davom etdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan konsert dasturi nafaqat yoshlarga, balki viloyat aholisi hamda Buxoroga tashrif buyurgan mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram