Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
Yoshlar kuni: universitet rektori Mo'ynoqda harbiy xizmatchi yoshlar bilan uchrashdiTadbirlar
3 daqiqaMatbuot xizmati

Yoshlar kuni: universitet rektori Mo'ynoqda harbiy xizmatchi yoshlar bilan uchrashdi

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Mo'ynoq tumanida Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy qismda bo'lib, harbiy xizmatchi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Samimiy uchrashuv davomida professor yoshlarga quyidagicha murojaat qildi:

"Aziz yoshlar! Sizlar — Vatanimizning kelajagi, kuchi va g'ururisiz. Bilim va mehnatga intilgan har bir yosh — taraqqiyotimizning mustahkam tayanchidir. Sizlarga yangi marralar, ulkan g'alabalar va orzularingizning ushalishini tilayman. Jasoratingiz so'nmasin, qalbingiz hamisha vatanparvarlik tuyg'usi bilan to'la bo'lsin!"

— Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori

Uchrashuv yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar, ta'lim imkoniyatlari va kelajak rejalari yuzasidan ochiq suhbat ruhida o'tdi.

Vatan himoyasida sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha yigitlarimizga sog'lik-salomatlik va omad tilaymiz!

📍 Mo'ynoq tumani, Qoraqalpog'iston Respublikasi

#YoshlarKuni #30iyun #Oʻzbekiston #Yoshlar #Kelajak #Vatan #BuxoroInnovatsiyalarUniversiteti #Moʻynoq #Qoraqalpogʻiston

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

UlashishFacebookTelegram