Asosiy mazmunga oʻtish
⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin. ⚠️ Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Baʼzi funksiyalar mavjud boʻlmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Orqaga
O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladiXalqaro
5 daqiqaBUI Media Markazi
1850ko'rildi210like78ulashildi

O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladi

Ayni damda Buxoro davlat texnika universitetida "Global raqobatbardoshlik uchun O'zbekiston – Turkiya oliy ta'lim hamkorligini rivojlantirish" mavzusidagi To'rtinchi O'zbekiston – Turkiya rektorlar forumi bo'lib o'tmoqda. Mazkur forumda Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna faol ishtirok etmoqda.

O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi ochilish marosimi
O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi ochilish marosimi

Forum haqida

2026-yil 21–23-may kunlari Buxoro davlat texnika universitetida "Global raqobatbardoshlik uchun O'zbekiston – Turkiya oliy ta'lim hamkorligini rivojlantirish" mavzusidagi O'zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o'z ishini boshladi.

Ochilish marosimi

Forumning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Oliy ta'lim kengashi Ijroiya qo'mitasi a'zosi, delegatsiya rahbari Erol Arjakliog'lu, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Odilov ishtirok etib, forum qatnashchilarini qutladilar.

Ochilish marosimida delegatsiya rahbari va mehmonlar
Ochilish marosimida delegatsiya rahbari va mehmonlar

Ishtirokchilar

Forumda O'zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forum ishtirokchilari — ikki mamlakatdan 60 ga yaqin oliy ta'lim muassasasi
Forum ishtirokchilari — ikki mamlakatdan 60 ga yaqin oliy ta'lim muassasasi

BUI rektori ishtiroki

Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna forumda faol ishtirok etib, O'zbekiston va Turkiya oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi muhim muloqotlarda qatnashmoqda.

BUI rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna forum ishtirokchilari bilan
BUI rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna forum ishtirokchilari bilan
Forum muhokama suhbatlari va hamkorlik imkoniyatlari
Forum muhokama suhbatlari va hamkorlik imkoniyatlari

Forum maqsadlari

Forum O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, global raqobatbardoshlikni oshirish, akademik almashinuv va qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini kengaytirish maqsadida o'tkazilmoqda.

Ikki mamlakatning oliy ta'lim rahbarlari hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
Ikki mamlakatning oliy ta'lim rahbarlari hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
Forum sessiyalari va ilmiy muhokamalar
Forum sessiyalari va ilmiy muhokamalar
O'zbekiston–Turkiya oliy ta'lim hamkorligi: yangi imkoniyatlar
O'zbekiston–Turkiya oliy ta'lim hamkorligi: yangi imkoniyatlar

Tadbir rasmlari

Rasmni bosib kattalashtiring

Teglar#O'zbekiston–Turkiya forumi#Rektorlar forumi#Xalqaro hamkorlik#Buxoro innovatsiyalar universiteti#Oliy ta'lim#Global raqobatbardoshlik
UlashishFacebookTelegram